20.02.2024
Baʼzida yoʻq joydan bir odam paydo boʻladi-da, butun olam haqidagi qarashlarimizni oʻzgartirib yuboradi. 1473-yilda tugʻilib, 1543-yilda vafot etgan polshalik astronom Nikolay Kopernik mana shunday odam boʻlgan. Oʻsha paytda astronomlar Yer dunyoning markazi deb hisoblagan. Bu gʻoya II asrda yashagan qadimgi yunon olimi Ptolemeyga tegishli. Uning nuqtayi nazari asrlar davomida toʻgʻri deb hisoblangan.
Ptolemeyning taʼkidlashicha, Yer bir joyda harakatsiz turadi, ichi boʻsh ulkan sferalar toʻplamidan iborat osmon esa uning atrofida aylanadi. Kopernik tomonidan yaratilgan dunyo tasviri esa mutlaqo boshqacha edi. Ptolemey bir sababga koʻra Yer harakatsiz, Quyosh esa uning atrofida aylanadi deb aytgan. Qadimgi yunon olimi har kecha Katta ayiq yulduzlar turkumining Qutb yulduzi atrofida asta-sekin aylanishini kuzatgan edi. Kopernik esa Quyoshning harakati aslida Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tufayli ekanini tushungan. U bizning sayyoramiz koinotning faqat kichik bir qismi va qolgan sayyoralar bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanadi degan xulosaga kelgan. Kopernik nazariyasi XVI asr uchun juda inqilobiy boʻlgan. U boshqa olimlarning, eng muhimi, Yer dunyoning markazi deb taʼlimot beradigan cherkovning qarshiligiga duch kelishini bilgan. Shu tufayli Kopernik oʻz asarlarini umrining oxirida nashr etib, ularga oʻz gʻoyasining haqiqat ekaniga daʼvo qilmasligini qoʻshimcha qilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.