Eshak qachondan beri insonga xizmat qiladi?

Eshak birinchi xonakilashtirilgan hayvonlardan biridir. Misrliklar bu hayvonlarni 5000 yil oldin xonakilashtirgan.

Bu hayvonlar juda foydaliligi tufayli butun dunyoda koʻpaytiriladi. Eshaklarning koʻp turi mavjud. Masalan, Somali va Afrikaning boshqa hududlarida sahrodagi quruq oʻt va butalar bilan oziqlanadigan, 5 dan 20 tagacha jonzotdan iborat guruhlar holida yashaydigan, ehtiyotkor hayvonlar — yovvoyi Somali eshaklari yashaydi. Mahalliy qabilalarning aksariyati Somali eshaklarini terisi va goʻshti yoki sotish uchun ovlagani tufayli bugungi kunda bu hayvonlar juda kam. Yovvoyi eshaklarning bir nechta turi Osiyoda uchraydi. Ulardan biri qachonlardir Suriya va Oʻrta Sharqning boshqa hududlarida yashagan Suriya eshagi, ehtimol, allaqachon yoʻq boʻlib ketgan.

Eshak choʻlda yashashga moslashgan va birmuncha vaqt suvsizlikka qanoat qilishi mumkin. Bolalash davrida eshaklar katta podalarga toʻplanadi, ammo tezda kichik guruhlarga boʻlinib, butun mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Zamonaviy eshaklar Shimoli-sharqiy Afrikadagi Nubiya eshaklarining avlodi boʻlib, ular bir vaqtlar Nildan Qizil dengizgacha boʻlgan hududda yashagan. Ammo yovvoyi eshaklarning aksariyat turi allaqachon yoʻq qilingan va hozir odamlar omon qolgan bir nechta turni bunday taqdirdan himoya qilishga harakat qilmoqda. Meksika va Markaziy Amerikaning koʻplab hududlarida eshak ot yoki mashina oʻrnini bosuvchi, keng tarqalgan “transport vositasi”dir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!