Jirafaning ovozi bormi?

Jirafa haqida oʻylaganimizda birinchi boʻlib uning juda uzun boʻynini tasavvur qilamiz. Ammo bu hayvonning bitta qiziq xususiyati bor: jirafaning ovozi deyarli yoʻq. “Deyarli” deymiz, chunki hayvonot bogʻidagi biz koʻradigan jirafalar baʼzi tovushlarni chiqaradi, masalan, urgʻochilari orada, ayniqsa biror narsadan bezovta boʻlganida ohista maraydi. Yosh jirafalar esa och qolganida buzoqlardek boʻkiradi.

Nima boʻlganda ham jirafaning hiqildogʻi deyarli rivojlanmagani sababli uning ovozi deyarli yoʻq deb aytishimiz mumkin. Ammo bu kamchilikni jirafa xavfni ancha uzoqdan his qilish imkonini beradigan, boshqa yaxshi rivojlangan sifatlari — eshitish va hid bilish qobiliyatlari bilan qoplaydi. Jirafaning yaxshi himoyasi — uning rangi. Uning sharofati tufayli jirafa atrof-muhit bilan shunchalik uygʻunlashadiki, hatto katta boʻlsa ham oʻrmonda tik turgan jirafani payqash juda qiyin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!