20.02.2024
Tuyani “choʻl qiroli” deb atashadi va buning sabablari bor. Tuya ham dengiz va okeanlar osha suzish uchun moʻljallangan kema kabi sahroda yashash va sayohat qilish uchun moslashgan. Tuya boshqa hayvonlar ochlik va suvsizlik tufayli tezda nobud boʻladigan joyda oʻzini juda yaxshi his qiladi. U ovqat va ichimlikni oʻzi bilan olib yuradi. Navbatdagi sayohat boshlanishidan toʻrt kun oldin tuya faqat yeydi va ichadi. U shunchalik koʻp ovqatlanadiki, hayvonning orqa tomonida “yogʻ ombori” boʻlgan va sayohat paytida undan foydalanadigan, ogʻirligi 45 kg gacha boʻlgan qalin oʻrkach oʻsib chiqadi. Bundan tashqari, tuyaning qorin devorlari boʻylab suvdonlar shaklidagi kichik boʻshliqlar mavjud. Bu yerda suv zaxirasi saqlanadi.
Shu sababli tuya bir suv manbasidan ikkinchisiga qadar, koʻp kunlik yo‘lga bardosh bera oladi, oʻrkachidagi yogʻ zaxiralaridan foydalanib, ovqatsiz hatto undan ham koʻproq chiday oladi. Uzoq safarning oxiriga kelib, tuyaning oʻrkachi boʻshab, shaklini yoʻqotadi va yon tomonga osilib shalvirab qoladi. Safardan soʻng kuchini tiklash uchun tuya uzoq dam olishga muhtoj boʻladi. Aytgancha, tuya inson oʻziga xizmat qilish uchun xonakilashtirgan hayvonlardan biri ekanini bilarmidingiz? Misrliklar tuyalardan 3000 yil oldin foydalanishni boshlagan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.