20.02.2024
Oqsuvsar moʻynasi shohona hisoblanadi va buning sabablari bor. Qadimda Angliyada bu moʻynali kiyimni faqat qirol oilasi aʼzolari kiyishiga ruxsat etilgan. Keyinchalik bu sharafga per va davlat amaldorlari ham sazovor boʻlgan. Ularning martabasini kiyimida ishlatilgan qora suvsarlar dumi soniga qarab baholash mumkin boʻlgan. Oqsuvsar moʻynasi ayrim oqsuvsar turining qishki terisidir. Qishda faqat sovuq hududlar — Kanada, Laplandiya va Sibirda yashaydigan oqsuvsarlarning moʻynasi oq rangga aylanadi.
Moʻtadil iqlim sharoitida yashovchi oqsuvsar yozgi moʻynasining orqa tomoni qizgʻish tusli va qorni och sariq rangda boʻlib, qishda rangi deyarli oʻzgarmaydi. Oqsuvsar oqsichqon, qorako‘zan va suvsar bilan yaqin qarindosh. Barchasining tanasi choʻzilgan va ingichka, boʻyni uzun, oʻtkir tirnoqli, panjalari esa qisqa. Erkaklarining uzunligi 40 sm, urgʻochilariniki esa 33 sm ga yetadi. Uzun quyruqli oqsichqonlar dumining uzunligi 10 sm ga yetishi mumkin.
Qisqa quyruqli oqsichqonlarning dumi taxminan 5 santimetrga qisqaroq. Oqsichqonning “mayda” deb ataladigan eng kichik turi Alyaska va Shimoliy Kanadada uchraydi. Eng yiriklari esa AQShning janubida yashaydi va yil davomida rangini oʻzgartirmaydi. Umuman olganda, oqsichqonni insonning doʻsti deb hisoblash mumkin. Ular doimiy ravishda ov qilib, kalamush, sichqon, quyon va ayrim qush kabi zararkunandalarni yoʻq qiladi. Ammo koʻplab fermerlar ularning tovuqxonalarni vayron qiladigan dushman ekanini aytishi ham mumkin. Bitta oqsichqon bir kechada 40 tagacha tovuqni oʻldirishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.