Nega opossum dumiga osilib turadi?

Opossum koʻplab oʻzgacha odatlari tufayli ham gʻalati, ham qiziqarli hayvondir. Avvalo, opossumlar qopchiqlilar deb ataladigan hayvonlar guruhiga mansub ekanini bilarmidingiz? Urgʻochi opossumlarning qorin boʻshligʻida odatda bolasi rivojlanadigan xaltasi bo‘ladi.

Qopchiqlilarning eng taniqli vakili Avstraliya kengurularidir. Opossumning tana uzunligi 23 dan 50 sm gacha, quyruq uzunligi esa 23—33 sm boʻlishi mumkin. Opossumning juni och kulrang. U faqat opossumning dumaloq qulog‘i, ingichka dumi va panja barmoqlarida yoʻq. Opossum orqa oyogʻining ichki barmogʻi egilib, boshqa barmoqlariga tegishi mumkin. U orqa oyoqlarini “qoʻl” sifatida ishlatadi. Uzun quyrugʻi singari bu panjalar opossumning daraxtlarga tirmashib yurishiga yordam beradi.

Umuman olganda, opossum koʻp vaqtini ov qilib va oʻsha yerda ovqatlanib, daraxtlarda oʻtkazadi. Ovqatlanish vaqtida panjalarini boʻshatish uchun opossum dumini daraxt shoxiga oʻrab, ovqatini panjalarida ushlab, boshi bilan pastga osilib yeydi. Ular deyarli hamma narsa iste’mol qilaveradi. Opossumlar “parhezi” kichik sutemizuvchi, hasharot, mayda qush, tuxum, kaltakesak, daryo qisqichbaqasi, shilliqqurt, barcha turdagi meva va qoʻziqorinlardan iborat. Kechasi esa opossumlar bogʻ va tovuq kataklariga kirib chiqishni yoqtiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!