Chayon nima?

“Chayon” soʻzini eshitishimiz zahoti xavfli zahar haqida oʻylaymiz. Bu chayon bilan uchrashuv juda noxush boʻlishi mumkinligidandir. AQShda halokatli zaharga ega chayonlar faqat Arizonada uchraydi. Ular Meksikada yashovchi dyurango chayoniga qarindosh bo‘lib, zahari odamni 1 soat ichida oʻldiradi. Soʻnggi 35 yil ichida uning chaqishidan taxminan 1600 kishi vafot etdi.

Sobiq SSRI hududida chayon Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Kavkazorti va Qrimda uchraydi. Chayon oʻrgimchakning qarindoshi. Chayonning toʻrt juft oyogʻi va odatda oʻljasini ushlaydigan ikkita kuchli qisqichi bor. Shuningdek, chayonning uchidagi nashtari zahar bezlari bilan kanallar orqali bogʻlangan, boʻg‘inlardan iborat uzun dumi ham bor. Chayon harakatlanayotganda dumini tanasi ustida yoy kabi egib ushlab turadi. Qisqichlari bilan oʻljasini ushlaganidan keyin esa chayon dumini boshi uzra egib, nashtarini qurbonga sanchadi. Zahar hasharot, oʻrgimchak va chayon oziqlanadigan boshqa jonzotni oʻldiradi yoki falaj qiladi.

Chayon asosan tunda hayot kechiradi, kunduzi esa soyada, masalan, tosh, qobiqosti yoki uyning qorongʻi burchaklarida yashirinadi. Voyaga yetgan chayonlar odatda yolgʻiz yashab, kezib yuradi. Chayon bola tugʻadigan jonivordir, yangi tugʻilgan kichik chayonlar onasining orqa tomoniga yopishib oladi, ammo onasi ularni boqmaydi. Kichik chayonlar bir necha kundan keyin tarqalib ketib, mustaqil hayot kechira boshlaydi. Chayonlar issiq iqlim sharoitida yashaydi. Ularning kattaligi 1 dan 17 sm gacha boʻladi, eng katta turlari esa tropiklarda uchraydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!