Termitlar qayerda yashaydi?

Koʻpchilik termitlarni chumolilar bilan adashtiradi. Termitlar ham, chumolilar ham ijtimoiy hasharotlar boʻlsa-da, ular bir-biridan butunlay farq qiladi. Termitlarning beli qalin va tekis egilgan moʻylovlari yoki antennalari bor. Ularning tanasi odatda oq rangga ega. Termitlar butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab va Janubiy Kanadada yashaydi. Yevropada esa ularni materikning janubida, Parij va Venagacha boʻlgan hududda uchratish mumkin. Ammo termitlarning aksariyati yomgʻirli tropik hududlarga oʻrnashgan.

Odatda termitlar oʻrmonlarda daraxtlar bilan oziqlanib yashaydi. Bu hasharotning uyasi uning ichagida qayta ishlangan yogʻochdan olinadigan, mustahkam sementga oʻxshash massadan quriladi. Bu material termit uyasi ichida havo namligini saqlash imkonini beradi. Termit uyasining balandligi 9 m, kengligi esa 15 m ga yetishi mumkin.

Baʼzi termitlar basketbol toʻpi kattaligidagi uyasini daraxtlarga oʻrnatadi. Bu uyalar termitlarni chumoli, qush, kaltakesak va oʻrgimchaklardan himoya qiladi. Afrika termitlarining ayrim uyalarida yomgʻir tushishining oldini oladigan, soyabon shaklidagi tomlar boʻlib, u ichkarida doimiy haroratni saqlab turadigan tarzda qurilgan.

Termitlarning uya qurishi faqat instinkt asosida ishlashning yorqin namunasidir. Uya koloniyada tugʻilgan, ota-onasi kelgan joyda hech qachon yashamagan va shuning uchun boshqa termitlardan hech narsa oʻrganish imkoniga ega boʻlmagan yangi ishchilar tomonidan quriladi. Ammo u yangi uyaning “qirol” va “malika”si kelgan joydagi uyaga aynan oʻxshagan boʻladi. Qoʻshma Shtatlarda uch turdagi termitlar mavjud boʻlib, baʼzilari toshda, boshqalari yogʻochda, yana ayrimlari esa oʻrmondagi daraxtlar soyasida yashaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!