Kapalaklar ham ko‘chadimi?

Hamma qushlarning koʻchishini, yaʼni maʼlum bir mavsum boshlanishi bilan ular boshqa hududlarga uchib ketishini biladi. Ammo kapalaklarning koʻchishini koʻpchilik bilmaydi. Bunga har bahorda Meksikadan Kaliforniyaga sayohat qiladigan qushqoʻnmas kapalagi misol boʻla oladi. Yevropada xuddi shu kapalak turi bahorda Oʻrta dengizni kesib Afrikadan Yevropaga oʻtadi. Migratsiya paytida osmonga minglab, hatto millionlab kapalaklar koʻtariladi.

Koʻchib yuruvchi kapalaklarning eng taniqlisi Meksika koʻrfazi sohili va boshqa janubiy hududlarda qishlaydigan danaida kapalagidir. Bahorda yosh urgʻochi kapalaklar sutsimon shira chiqaradigan oʻsimliklarga tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan kapalak qurtlari shu oʻsimliklarning barglari bilan oziqlanadi. Ulgʻaygan kapalaklar biroz shimolga uchib ketadi. U yerda kapalaklar juftlashib, oʻsha paytda shimoliy hududlarda oʻsishni boshlagan xuddi shunday oʻsimliklarga tuxum qoʻyadi. Bu migratsiyaning juda qiziq usuli, chunki bir necha oy davomida danaida kapalaklarining bir necha avlodi bir-birini almashtirib, sutlama va shunga oʻxshash oʻsimliklarni qidirib shimolga sayohat qiladi.

Shunday qilib, yozning oxirida Kanadaga sayohatni boshlagan danaida kapalaklari emas, balki ularning avlodi yetib keladi. Kuz kelishi bilan ob-havo salqinlashganda, tirik qolgan danaida kapalaklari osmonda 30 kilometrgacha choʻzilgan, ulkan galani hosil qilib ortga qaytadi. Bu kapalaklar massasi har yili doim bir xil marshrutga amal qilib koʻchib yuradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!