Yer yuzida necha xil turdagi hasharot mavjud?

Sayyoramizda necha xil turdagi hasharot yashashidan xabaringiz bormi? Yer yuzida 2—4 milliongacha boʻlgan turli xil turlar qo‘nim topgan. Olimlar hasharotlarning 625 000 ga yaqin turini tavsiflagan va mavjud boʻlgan barcha hasharot turlarining qachondir toʻliq tavsiflanishiga hech qanday umid yoʻq. Hayvonlarning hech bir sinfi turlar soni boʻyicha hasharotlarga hatto yaqinlasha olmaydi.

Agar yer yuzida yashaydigan hasharotlarning mutlaq sonini baholashga harakat qilinsa, bu raqam shunchalik katta boʻladiki, inson ongi buni tasavvur ham qila olmaydi. Olimlar tomonidan yerda yashovchi hasharotlarning taxminiy sonini hisoblashning yagona usuli — ularning 1 kvadrat metr nam tuproqdagi sonini hisoblash. Bu raqam 500 dan 2000 gacha boʻladi.

Demak, bir akr yaxshi tuproqda 4 millionga yaqin hasharot yashaydi. Bu hasharotlarning aksariyatini oddiy koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi. Ularning koʻpchiligi mikroskopik oʻlchamlarga ega. Faqat bir necha ming turdagi hasharotlar odamni yetarlicha tashvishga solgani uchun, biz ularni nazorat qilishga harakat qilamiz. Agar bu haqida oʻylab koʻrsak, odam tom maʼnoda hasharotlar tomonidan oʻrab olinganini, lekin ularning qanchalik koʻpligidan bexabarligini tushunamiz.

Hasharotlarning katta qismini ikki narsa birlashtiradi: ularning tanasi uch qismga boʻlinadi va odatda oltita oyoqqa ega. Ammo mazkur qoidadan istisnolar ham mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!