20.02.2024
Kapalak hayoti bir necha sikllardan iborat ekani bizga maʼlum. Dastlab, tuxum, keyin kapalak qurti, (qish boʻyi uxlaydigan) pilla va nihoyat pilladan kapalak paydo boʻladi. Kapalak hayotida u ayniqsa koʻp ovqatlanadigan bir davr bor. Bu uning kapalak qurti boʻladigan davridir. Ayrim kapalak turlari uchun hayotining bu bosqichi u oziqlanadigan yagona davrdir. Kapalak qurti kattalashib, terisi yorilib ketguncha oziqlanaveradi, yorilgan teri oʻrniga tagidan yangisi chiqib keladi va bu ketma-ket, koʻp marta takrorlanib, bir necha hafta oʻtgach kapalak qurti boshlangʻich holatiga nisbatan bir necha baravar kattalashadi.
Umuman olganda, kapalaklarning oziqlanish uchun imkoniyati mavjud: ularning boshi, koʻkragi, qorinchalari bor. Oziqlanadigan kapalaklarning ogʻzi oʻrnida xartumchasi boʻlib, ular oziqlanishlar oraligʻida soat prujinasiga oʻxshab oʻralgan holatda boʻladi. Bu xartumcha nektarni soʻrib olish uchun gulning oʻzagigacha chuqur kirib boradi.
Tun kapalagi xartumchasining uzunligi 15—20 sm ga yetishi va shuning uchun u katta, naychasimon gullarning ham nektarini olishi mumkin. Baʼzilarning xartumchasi uchida keskichga oʻxshash tishlar bor va ular bilan meva poʻstini kemirib, sharbatini ichish mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.