Pashsha shiftda yurishni qanday uddalaydi?

Barcha zararli xususiyatlariga qaramay, pashsha hayratga soluvchi jonzotdir. Oddiy, kichik uy pashshasining ikkita katta jigarrang koʻzi boʻlib, ularning har biri oʻz navbatida minglab linzalardan iborat. Ular murakkab koʻzlar deb ataladi. Ulardan tashqari, pashsha boshining tepasida yuqoriga qarab turgan yana uchta oddiy koʻzi boʻlib, ularni faqat kattalashtiruvchi oyna orqali payqash mumkin. Uy pashshasi paypaslagichlaridan (yoki moʻylovlaridan) sezish aʼzolari sifatida emas, balki hid bilish aʼzolari sifatida foydalanadi. Moʻylovlar hidni uzoq masofadan aniqlashga qodir.

Pashshaning ogʻzi biz til deb bilgan aʼzodan shakllangan, ammo bu hasharotda ogʻizning barcha qismlari uzun xartumchaga jamlangan boʻlib, pashsha uning yordamida sharbatni soʻrib oladi. Pashshaning tanasi uch qism — bosh, koʻkrak va qorinchadan iborat. Qanotlarning orqasida pashshaga parvoz paytida muvozanatni saqlashga imkon beradigan, ikkita kichik boʻrtiq bor. Yoʻl-yoʻl koʻkragiga uch juft oyoq biriktirilgan. Har bir oyoq besh qismdan iborat boʻlib, oxirgi boʻgʻimi tovondir.

Pashsha tovonining pastki qismida joylashgan ikkita tirnoqda yuradi. Bu tirnoqlar ostidagi yopishqoq “yostiqcha”lar pashshaga shiftda yoki boshqa joyda, bemalol oyogʻi osmondan boʻlib yurish imkonini beradi. Pashshaning butun hayoti tugʻilgan joyidan 100 m radiusda oʻtishidan xabaringiz bormi?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!