20.02.2024
Qorailon — ilonlarning bir turi. U yerdagi eng zaharli ilonlarni oʻz ichiga olgan vipera turkumiga mansub. Xuddi shu ilonlar turkumiga shaqildoqilon, mokkasin suviloni, misbosh, Janubiy Amerika bushmeysteri, oddiy Yevropa va shoxli Afrika qorailoni kiradi.
Kleopatrani oʻldirgan ilon, katta ehtimol bilan, shoxli Afrika qorailoni boʻlgan. Bu ilonlarning zahri qon tomirlarini parchalaydi va jabrlanuvchi qon quyilishidan vafot etadi. Barcha qorailonlarning tanasi qalin, boshi esa yassi va uchburchak boʻladi. Ularning yuqori jagʻida joylashgan zaharli tishlari aslida juda ham uzun. Bu tishlarning ichida koʻz orqasidagi boʻshliqlarda joylashgan, zaharli bezlar bilan bogʻlangan kanal mavjud. Chaqish paytida ilon chaynash mushaklarini qisqartiradi va zahar tishlar orqali ochiq jarohatga yuboriladi.
Oʻrtacha kattalikdagi ilon bir martada oʻljasining tanasiga taxminan yarim choyqoshiq miqdordagi zaharni yuborishi mumkin. Bunday ilonlarning tishini sugʻurib olish befoyda, chunki uning oʻrnida har doim yangisi oʻsib chiqadi. Qorailonsimon turkumga mansub ilonlar ikki oilaga boʻlinadi: faqat Yevropa va Afrikaning baʼzi hududlarida uchraydigan haqiqiy qorailonlar hamda Gʻarbiy yarimsharda, Osiyoning ayrim joylarida yashaydigan, tuzilishining koʻp xususiyatlari bilan qorailonlarga oʻxshash olachipor chuqurbosh ilonlar.
Eng zaharli qorailon Hindistonda uchraydi va uning uzunligi 1,5 m ga yetadi. Umuman olganda, ilonlar odamga faqat bezovta qilinganda yoki ov qilishiga toʻsqinlik qilinganda hujum qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, ularga yaqinlashmagan maʼqul.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.