Ilonga tangachalar nega kerak?

Ilonlar reptiliyalar turkumiga mansub boʻlgani uchun terisi quruq tangachalar bilan qoplangan. Kaltakesak, alligator, timsoh, dengiz va quruqlikda yashovchi toshbaqalar ilonlarning qarindoshidir. Dunyoda 2000 dan ortiq ilon turi boʻlgani tufayli ularning hamma joyda — yer, yerosti, daraxt, suv va sayyoramizning qutb hududlari, baʼzi orollardan tashqari deyarli barcha mintaqalarda yashashi ajablanarli emas.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, ilonlarning oyogʻi yoʻq (garchi piton va boʻgʻmailonlarda orqa oyoqlarning nishonalari saqlanib qolgan boʻlsa ham) va ularning harakatlanishi uchun qorni ostida joylashgan plastinkalar (yoki tangachalar) yordam beradi. Ular yetarlicha keng boʻlib, ilon plastinkaning qirrasi bilan yer yuzasidagi notekisliklarga tiralib harakatlanadi. Bir vaqtning oʻzida bir nechta plastinka yordamida tayanib, ilon oldinga siljiydi.

Xoh keksa, xoh yosh — barcha ilonlar vaqti-vaqti bilan tullaydi. Hatto koʻzini qoplab turadigan parda ham oʻrnini yangisiga boʻshatib beradi. Tullash jarayonida ilonning terisi teskari agʻdariladi. Ilon undan biron-bir gʻadir-budur yoki toshlarga ishqalanib xalos boʻladi. Ilonlarda tullash yiliga bir necha marta sodir boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!