20.02.2024
Hammamiz ham ilon oldida biron-bir musiqa asbobini chalib, uni yerdan koʻtarilib, musiqaga monand raqs tushirayotgan ilon avrovchini koʻrganmiz. Aslida bu payt nima sodir boʻladi? Haqiqat shundaki, “afsungar” ilonni umuman gipnoz qilmaydi. U shunchaki tomoshabinlarni ilonni “raqs tushishga” majbur qilayotganiga ishontiradigan tomosha koʻrsatadi. Avvalo, ilonlar kar ekani, demak, inson chalayotgan musiqani eshitmasligini taʼkidlab oʻtishimiz kerak. Lekin ilonlar atrofidagi yer yuzasining arzimas tebranishlariga ham juda sezgir va bu tebranishlarni payqagan ilon darhol javob qaytaradi.
Shunday qilib, “afsungar” aslida oʻzini tomoshaga tayyorlanayotgandek koʻrsatib, ilon solingan savatni sekingina taqillatib yoki depsinib qoʻyadi va jonivor darhol jonlanadi. Bundan tashqari, u musiqa ijro etarkan, tanasini doimiy ravishda harakatlantiradi va ilon odamni nazardan qochirmaslik uchun, uni tinimsiz kuzatib, harakatlarini takrorlaydi. Chetdan esa bu ilon musiqaga maftun boʻlib, raqsga tushayotgandek tuyuladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.