20.02.2024
Qushlarning davriy ravishda uzoq masofalarga uchib oʻtishining asosiy sababi juda oddiy. Qishki sovuq tufayli mavjud boʻlgan ozuqa miqdori shunchalik kamayadiki, ular haqiqiy ocharchilik xavfiga duch keladi. Agar qushlar omon qolishni istasa, issiq hududlarga uchib ketishga majbur boʻladi.
Qushlar uzoq masofaga oʻz turining omon qoladiganlari soni (shamol bilan olib ketilish xavfi boʻlganda ham) sovuq hududlarda qishlagandagidan koʻra koʻproq boʻlishiga ishonch hosil qilganda uchadi. Migratsiya bilan bogʻliq xavf qishlash xavfidan yuqori boʻlganda, qushlar oʻtroq hayot kechiradi. Lekin qizqush va sayroqi qorayaloq uchun qishlash usullarining hech biri boshqasiga nisbatan ustunlikka ega emas.
Qushlar parvozining boshlanish vaqti ob-havo bilan belgilanadi, ammo shamolning yoʻnalishi va kuchi haroratdan koʻra muhimroqdir. Qushlarning aksariyati muntazam ravishda qishlash uchun uchib ketgan joyiga qaytib keladi. Olimlar bir necha yil davomida, ketma-ket ayni vaqtda bir joydan uchib oʻtgan, halqalangan qushlarni kuzatgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, qushlar yulduz va quyoshga qarab yoʻnalishini aniqlay oladi, ammo ular buni qanday amalga oshirishi hali olimlar tomonidan aniqlanmagan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.