Tovus nima?

Dunyoda tovuslarning 50 ga yaqin turi mavjud, ammo ularning barchasi Tinch okeanining gʻarbiy qismidagi tropik orollarda va Avstraliya shimolida yashaydi. Tovuslarning kattaligi chumchuq va qargʻaning oʻlchami oraligʻida boʻladi. Uning har bir turi oʻziga xos, betakror naqshga ega. Bu qushlar aynan shu yorqin patlari tufayli juda gʻayrioddiy hisoblanadi. Aslida bu ajoyib jonzotlar oddiy qargʻaning qarindoshidir.

Tovusni yevropaliklar orasida ilk bor XV asrda gollandiyaliklar koʻrgan. Bu chiroyi uchun sayohatchilar ularni “jannat qushlari” (ingliz tilida shunday — “jannat qushi” deb nomlanadi) deb atagan. Tovusning mashhur rang-barang patlari faqat erkagida boʻladi. Ularning nega kerakligi haligacha nomaʼlum. Ehtimol, urgʻochisini jalb qilish yoki dushmanni joʻjalar bor uyadan chalgʻitib olib ketish uchundir…

Tovuslarning aksariyati nozik va yassi uyalarini daraxt tepasida quradi. Taram-taram chiziqli, olachipor tuxumlarini ham oʻsha yerga qoʻyadi. Tovuslar mevalardan tortib shilliqqurt va hasharotlargacha boʻlgan, deyarli hamma narsani yeydi. Juftlashish mavsumida erkaklari urgʻochilari oldida patlarini koʻz-koʻz qiladi. Odatda ehtiyotkor boʻlgan bu qushlar bunday oʻyinlarga shunchalik berilib ketadiki, hatto ovchilar yaqinlashib qolganini ham payqamaydi. Mahalliy aholi patlarga zarar yetkazmaslik uchun tovuslarni toʻmtoq oʻqlar bilan otadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!