Qaysi qush eng katta tuxum qo‘yadi?

Odatda qush qanchalik katta boʻlsa, tuxumi ham shunchalik katta boʻladi. Lekin har doim ham tuxumning kattaligi uning “onasi”ga bogʻliq emas. Uning kattaligi oʻsayotgan embrionni tuxumdan chiqqunga qadar oziqlantirish uchun zarur boʻlgan ozuqa miqdoriga bogʻliq. Tuxumdan chiqqanidan soʻng darhol oʻzini uddalay oladigan qushlar joʻja yetarli darajada rivojlangan boʻlishi uchun yetarlicha miqdorda, toʻyimli sarigʻi boʻlgan katta tuxumlarda rivojlanadi. Koʻr va ojiz boʻlib tuxumdan chiqqan joʻjalar ozuqa taʼminoti ularning toʻliq rivojlanishi uchun yetarli boʻlmagan, kichik tuxumlardan dunyoga keladi.

Hamma qush tuxumi ham tovuq tuxumiga oʻxshamaydi: baʼzi qushlar choʻzinchoq, yumaloq va hatto nok shaklidagi tuxumlar qoʻyadi. Yuqori joylarda qoʻyiladigan tuxumlar odatda ularning dumalab ketishiga imkon qadar toʻsqinlik qiladigan shaklga ega boʻladi. Tuxumlarning kattaligiga kelsak, bu borada chempion — tuyaqush. Tuyaqush tuxumining uzunligi 15—17 sm, diametri esa 13—15 sm ga yetishi mumkin va u 12—18 ta tovuq tuxumi bilan bir xil hajmni egallaydi. Ammo tuyaqush tuxumi hozirgi qushlar qoʻyadigan tuxumlar orasida eng kattasi. Qadimgi davrlarda esa tuxumlari yonida tuyaqush tuxumi jajjigina boʻlib tuyuladigan qushlar boʻlgan. Bu Madagaskarda yashagan, tarixdan ilgarigi afsonaviy Rux qush haqida. Bu qushning olimlar tomonidan topilgan tuxum poʻchogʻidan ularning kattaligi haqida tasavvurga ega boʻlamiz. Ularning uzunligi 33 sm, diametri esa 23—26 sm ga yetgan. Bunday tuxumning hajmi 8 litrni tashkil etgan va bu tuyaqush tuxumidan 6, tovuq tuxumidan esa 150 baravar koʻp.

Eng kichik tuxumni esa kolibri qoʻyadi. Kolibrining ayrim turlari uzunligi atigi 6 mm boʻlgan tuxum qoʻyadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!