Yaxshi gapiradigan qushlar ham bormi?

Bir nechta soʻz aytishni oʻrgatish mumkin boʻlgan koʻplab qushlar mavjud. Ammo haqiqiy gapiradigan qushlar butun boshli jumlalarni aytishni oʻrganishi mumkin. Eng yaxshi gapiradigan qushlar toʻtiqush, qargʻa, mayna (gapiradigan chugʻurchuq), zogʻcha va ayrim soykalardir. Olimlarning fikriga koʻra, Afrika toʻtiqushi va hind maynasi eng yaxshi gapiradigan qushlar.

Koʻpchilik qushning gapirish qobiliyati uning tili tuzilishiga bogʻliq deb hisoblaydi. Masalan, toʻtiqushlarning tili katta va qalin. Ammo boshqa barcha gapiradigan qushlarning tili kichik. Qushlar gapirayotgan soʻzlarining maʼnosini tushunadimi? Aksariyat biologlar qushlar nima haqida gapirayotganini tushunmaydi, lekin baʼzida soʻzlarni muayyan harakatlar bilan bogʻlashi mumkin deb hisoblaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!