20.02.2024
Odamzod uchishni xohlaganida uchadigan apparat yaratdi. Qushning tuzilishini diqqat bilan oʻrganib chiqib, tabiat qushni mukammal uchish apparati sifatida yaratishga harakat qilgani ravshan boʻladi. Birinchidan, qushning qanotlari bor. Qanotlarning asosiy tashuvchi patlari bilak suyagiga paylar bilan mustahkam biriktirilgan. Qanotning yordamchi tashuvchi patlari ham xuddi shu tarzda yelkaga biriktirilgan. Har bir qanot alohida mushaklar toʻplami tomonidan boshqarilgani uchun parvoz paytida qush qanotidagi har bir patni alohida boshqara oladi. Qanot yuqoriga koʻtarilganida esa asosiy va ayrim yordamchi tashuvchi patlarning uchi ham yuqoriga qaratiladi. Havo ular orqali erkin oʻtadi. Qanot pastga harakatlanganda barcha tashuvchi patlarning yuzasi pastga qaratiladi va ular orqali havo oʻtmaydi. Bunda qush xuddi havodan itarilganday yuqoriga koʻtariladi.
Uchadigan tana imkon qadar yengil, ixcham va kuchli boʻlishi kerak. Shuning uchun qushning katta suyaklari ichi boʻsh. Koʻpgina qushlarning suyaklarida havo boʻshliqlari bor. Qushning qovurgʻalari qanot pastga qarab harakatlanayotganda tanaga qattiq tayanch boʻladigan tarzda biriktirilgan. Qushning boshi, dumi, qanot va oyog‘i ham juda yengil. Bosh chanogʻi suyaklari juda nozik devorlar bilan ajralib turadi. Qushlarning tishi, suyak va mushaklari koʻp boʻlgan jagʻi yoʻq. Buning oʻrniga ular ichi boʻsh tumshuqqa ega. Qanotlarni harakatga keltiruvchi kuchli mushaklar koʻkrak qafasining ogʻirlik markaziga yaqinroq joyga birikadi.
Hatto qushlarning issiqqon hayvon ekani ham foydali boʻlib chiqadi, chunki sovuqqon hayvonlar qishda sustlashadi. Koʻrib turganingizdek, qushning hamma narsasi faqat bitta maqsad — uchish uchun yaratilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.