Sutemizuvchi nima?

Mushuk, it, fil, koʻrshapalak, kit, ot, maymun va odam — hammamiz sutemizuvchilar deb ataladigan zoologik sinfga mansubmiz. Sutemizuvchilarning boshqa barcha hayvonlardan farqi shundaki, ularning nasli urgʻochilarining sut bezlaridan ajralib chiqadigan suyuqlik bilan oziqlanadi. Qoʻygan tuxumidan keyinchalik joʻja chiqadigan qushlardan farqli ravishda, koʻpchilik sutemizuvchilarning bolasi toʻliq shakllangan holatda tugʻiladi.

Sutemizuvchilarning oʻziga xos xususiyati, koʻpchiligining tanasini toʻliq yoki qisman qoplaydigan soch yoki junlardir. Ularning barchasi issiqqon, toʻrt kamerali yurak va diafragmaga ega. Sutemizuvchilarning aksariyati quruqlikda yashasa-da, baʼzilari, masalan, kit va delfinlar suvda yashaydi. Koʻpchiligi yerostidagi uyalarda yashaydi, masalan, koʻrsichqon va koʻpchilik kemiruvchilar. Maymun va olmaxon kabi boshqa hayvonlar esa daraxtlarda yashaydi.

Yagona uchuvchi sutemizuvchi bu — koʻrshapalak. Olimlar sutemizuvchilarni koʻplab kichik guruh yoki turkumlarga boʻlgan. Bu turkumlarning eng pastki tabaqasiga yexidna va oʻrdakburunlar yoki tuxum qoʻyadigan sutemizuvchilar mansub. Keyingi turkum — tishsizlar turkumi. Keyin dengiz sutemizuvchilari keladi. Keyin — jufttuyoqli sutemizuvchilar. Yirtqich sutemizuvchilar goʻsht, kemiruvchilar esa oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Hasharotxoʻrlarning nomi esa ularning ozuqasi nima ekanini anglatadi.

Sutemizuvchilarning eng yuqori tabaqasi — primatlar yoki tuyoq oʻrnida tirnoqlari boʻlgan sutemizuvchilar. Primatlarga turli xil maymunlar va odam mansub.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!