Delfin nima?

Delfinlar shunchalik qiziqarli mavjudotki, odamlarning delfin kitsimonlardan biri ekaniga ishonishi qiyin. Olimlar kitsimonlar deb ataydigan suvda yashovchi sutemizuvchilar turkumi mavjud. Bu turkumga kit, delfin va dengiz choʻchqalari kiradi. Delfinlar kichik kitlar boʻlib, tishli kitlar guruhiga kiradi. Dengiz choʻchqalari bu — delfinlarning uchli burunga ega boʻlmagan, ammo belkurak shaklidagi uchburchak orqa suzgich va tishlari bor bir turi. Tishli kitlar karakatitsa, bosh-oyoqli, qisqichbaqa va turli xil baliqlar bilan oziqlanadi.

Boshqa issiqqon hayvonlar bilan oziqlanadigan, yagona kitsimon boʻlgan kasatka ham aslida katta delfindir. Uning uzunligi 9 metrga yetadi va tyulenlarni osongina ovlaydi. Qolgan delfinlarning uzunligi kamdan kam hollarda uch metrdan oshadi va ularning boshi juda kichik boʻladi.

Barcha moʻtadil va tropik dengizlarda uchraydigan oddiy delfin yarimoy shaklidagi dumga ega. Uning qora rangli orqa tomoni oq qornidan keskin ajralib turadi. Delfinlar katta galalar shaklida yashaydi va, aftidan, ularga kemalarni taʼqib qilish yoqadi.

Olimlar delfinlar suvostidagi xavf-xatarlarga qay tarzda chap berishi va bir-biriga qanday signallar yuborishini tushunishga harakat qilmoqda. Delfin va dengiz choʻchqalari bir-biri bilan boshqa dengiz jonzotlariga qaraganda koʻproq mazmunga ega tovushlarni almashishga qodir deb hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!