Nega ko‘rshapalaklar teskari osilib turadi?

Tabiatda faqat ucha oluvchi hayvonlar kam uchraydi. Axir qush va hasharotlar nafaqat uchadi, balki yura oladi ham. Ammo koʻrshapalaklarning oyogʻi yurishga moslashmagan. Bu ular hatto oyoqda ham tura olmasligini anglatadi. Shu tufayli koʻrshapalak dam olish uchun joylashganda, uning uchun eng tabiiy holat — boshini pastga qilgancha teskari osilib turish.

Koʻrshapalak koʻplab ajoyib xususiyatlarga ega. Avvalo shuni aytib oʻtishimiz kerakki, u sutemizuvchilarga mansub — yagona uchuvchi sutemizuvchi. Koʻrshapalaklarning bolasi tirik tugʻiladi va ona suti bilan oziqlanadi. Ular hali juda kichik boʻlganida, onasi ovga chiqqanida ularni hatto oʻzi bilan olib ketishi mumkin. Koʻrshapalaklar tungi hayvonlar boʻlib, ular tunda faol hayot kechiradi va kunduzi uxlaydi. Qorongʻida ov qilishga toʻgʻri kelgani sababli ularning koʻzi juda oʻtkir boʻlishi kerak deb o‘ylash mumkin.

Aslida esa unday emas. Uchish paytida koʻrshapalaklar yuqori chastotali tovushlar chiqaradi. Bu tovushlar shunchalik oʻtkirki, inson qulogʻi ularni eshitmaydi. Uzoq yoki yaqin toʻsiqlardan qaytgan aks-sado tovushlarini ajrata oladigan koʻrshapalakka qaytadi va u toʻsiqqa urilib ketmaslik uchun parvoz yoʻnalishini oʻz vaqtida oʻzgartira oladi. Koʻpchilik barcha koʻrshapalaklar bir xil deb hisoblaydi. Ammo ularning 2000 tacha turi mavjud. Koʻrshapalaklarning qanoti uzunligi 15 santimetr va hatto deyarli 2 metrga yetadigan turlari ham mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!