Nega kenguru faqat Avstraliyada uchraydi?

200 yil oldin kengurularning mavjudligini mahalliy xalqdan boshqa hech kim bilmagan. Birinchi boʻlib ularni Avstraliyaga kelgan tadqiqotchi va koʻchmanchilar koʻrgan. Kenguruning qopchigʻi bor va Avstraliyada koʻplab sutemizuvchilar qopchiqlarga ega. Avstraliya va unga tutash orollar qopchiqlilarning aksariyati yashaydigan joydir. Qopchiqlilar sutemizuvchilar guruhidan birini tashkil qiladi.

Ilk sutemizuvchilar 100 million yil oldin, dinozavrlar davridayoq paydo boʻlgan. Ularning ayrimlari qopchiqli, boshqalari esa platsentar boʻlgan. Platsentar sutemizuvchilar hali tugʻilmagan bolalarini ozuqa bilan ona tanasida taʼminlagan. Qopchiqlilarda bu maqsad uchun qopchigʻi xizmat qilgan. Kichkintoylar juda kichik tugʻilib, onasining qopchigʻida rivojlangan. Yer yuzida iqlim oʻzgarganida, dinozavrlar qirilib ketgan. Sutemizuvchilar koʻpayib, juda rivojlangan. Ular yer yuzidagi asosiy hayvonlarga aylangan. Shu bilan birga, platsentar hayvonlar yangi sharoitlarga qopchiqlilarga qaraganda yaxshiroq moslashuvchanligi maʼlum boʻldi. Ularning miyasi yaxshi rivojlangan va bolalari ona tanasida qopchiqdagiga qaraganda ancha yaxshiroq rivojlanadi.

Dunyoning deyarli barcha qismlaridagi qopchiqlilar yoʻqolib ketgan. Ular hayot uchun boshqa sutemizuvchilar bilan kurasha olmagan. Ammo bu Avstraliya va Janubiy Amerikada sodir boʻlmagan. Olimlarning fikriga koʻra, Avstraliya bir vaqtlar Janubi-sharqiy Osiyo bilan orollar zanjiri yoki boʻyin orqali bogʻlangan, qopchiqlilar Avstraliya boʻylab hali yuqori darajada rivojlangan platsentar sutemizuvchilar paydo boʻlmasidan oldin tarqalib ketgan. Ularning raqibi boʻlmagani sababli ham oʻzini yaxshi his qilgan va rivojlangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!