Nega tanaga suv kerak?

Inson tanasining taxminan 60 foizi suvdan iborat. Agar odam limon kabi siqilsa, undan taxminan 50 litr suv olish mumkin. U oddiy suvdan tananing hayoti uchun zarur, turli xil moddalarning mavjudligi bilan farq qiladi. Qon tomirlarida taxminan bir gallon (4,5 l ga yaqin) mana shunday suv boʻlib, doimiy qon aylanishi yurak faoliyati bilan taʼminlanadi. Qondagi suv tananing barcha hujayralarini doimiy ravishda “yuvib” turadi. Suv, shuningdek, tanadagi issiqlik tarqatuvchi boʻlib ham xizmat qiladi. Kunboʻyi suv ichmasangiz ham, baribir isteʼmol qilgan qattiq ovqatingiz orqali taxminan bir litr suyuqlik olasiz. Meva, sabzavot, non va goʻshtni isteʼmol qilib ham tanani suv bilan ta’minlaysiz, chunki bu mahsulotlarning 30—90 foizi suvdan iborat.

Bundan tashqari, har bir kishi turli xil ichimliklar shaklida oʻrtacha ikki litr suv ichadi. Kun davomida tanadagi turli aʼzolar oʻrtasida taxminan oʻn kvarta (1 kvarta — taxminan 1 litr) suv aylanadi. Masalan, biror narsani chaynab yutganingizda, soʻlak bezlaridan keladigan ma’lum miqdordagi soʻlakni ham yutasiz. Qisqa vaqtdan soʻng uning bezlardagi joyi qon tomirlaridagi suv bilan toʻldiriladi. Yutilgan suv esa keyinchalik oshqozon va ichak orqali qonga oʻtadi. Qondagi suv miqdori doimiy ko‘rsatkichda qoladi. Hatto issiq havodagi jismoniy mashqlardan keyin oʻzingizni butunlay “qurib” ketganday his qilganingizda ham qon tomirlarida oʻsha miqdordagi suv boʻladi. Qancha suyuqlik ichishingizdan qat’i nazar, bu miqdor oʻzgarishsiz qoladi.

Ortiqcha suv bilan nima sodir boʻladi? U tananing turli qismlari — ichak, jigar, mushak va buyraklarda toʻplanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!