Hujayra nima?

Hujayralarni koʻp bora koʻrganingizni bilasizmi? Apelsin tilimini olsak, biz unda koʻradigan tolalar hujayralardir. Agar hujayra qobigʻini yirtsak, undan sharbat oqib chiqadi. Olimlar hujayra barcha tirik mavjudotlarni tashkil etuvchi qurilish materiali deb hisoblaydi. Bir yoki ikkita hujayradan iborat, tirik organizmlar mavjud. Shuningdek, hujayralar barcha hayotiy jarayonlar sodir boʻladigan tizim hamdir. Oʻsimlik yoki hayvonning har bir hujayrasi oʻz hayoti bilan yashaydi va shu bilan birga butun tirik mavjudotga hayot faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi.

Oʻsimlik va hayvonning tirik hujayralari qobiq, protoplazma deb ataladigan rangsiz, yelimshak modda va yadro deb nomlanuvchi protoplazmaning donga oʻxshash qismidan iborat. Aynan protoplazma tirik materiya hisoblanadi.

Protoplazmani, shubhasiz, eng murakkab kimyoviy modda deb hisoblash mumkin. Unda barcha hayotiy jarayonlar sodir boʻladi. U ozuqa va kislorodni oʻzlashtirib, ozuqaning bir qismini tirik materiyaga aylantiradi, chiqindilardan xalos boʻladi, eskirgan qismlarini tiklaydi va koʻpayadi.

Har qanday hujayra kislorod va ozuqaga muhtoj. Oʻz ishini bajarishi uchun unga energiya kerak. Har bir hujayrani zarur boʻlgan barcha narsa bilan taʼminlash uchun yuqori tabaqadagi tirik mavjudotlar hujayralar boʻylab ozuqa va kislorod tashiydigan, shuningdek, chiqindilarni olib chiqadigan qon aylanish tizimiga ega.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!