Albinos nima?
Albinoslarning nimaga rangi yo'q.
2 min
Inson organizmi

Albinos bu — pigment yoki boʻyoq moddalardan butunlay mahrum boʻlgan odamlar. Barcha irqlar maʼlum miqdordagi pigmentga ega, ayrim oq tanlilar (ayniqsa skandinaviyaliklar) tanasida juda oz miqdorda rang beruvchi moddalar mavjud. Odam tanasidagi pigmentatsiya yoki rang berish manbai nima? Tanadagi baʼzi moddalar bir-biri bilan oʻzaro taʼsir qiladi. Bu moddalar xromogen va ayrim fermentlardir. Fermentlar ranglarning negizi boʻlgan xromogenlarga taʼsir qilganda, pigmentatsiya hosil boʻladi.

Agar odamning tanasida bu moddalar yetarli boʻlmasa, pigmentatsiya sodir boʻlmaydi va biz albinos deb ataydigan holat namoyon boʻladi. Bu soʻz lotin tilidan kelib chiqqan boʻlib, “oq” degan maʼnoni anglatadi. Albinosning koʻzi pushti rangda boʻlib, bu koʻzning toʻr pardasida qon aylanishidan hosil boʻladi. Albinosning koʻzi yorugʻlikka juda sezgir va shu tufayli bunday odamning koʻzi doimo qisilib, pirpiraydi. Albinosning butun tanasidagi tuklari ham oq rangda boʻladi. Hatto ichki toʻqimalar, shu jumladan, miya va orqa miyaning ham rangi oq boʻladi. Aytgancha, bunday hodisani nafaqat odamlarda, balki oʻsimlik va barcha turdagi hayvonlar orasida ham uchratish mumkin.

Hatto albinos qushlarni ham uchratish mumkin va albinoslar uchramaydigan bironta ham inson irqi yoʻq. Albinizm nasldan naslga oʻtishi, yaʼni albinos odamlar bu xususiyatni oʻz farzandlariga oʻtkazishi mumkin deb hisoblanadi. Ehtimol, bizga maʼlum albinoslar oqsichqon, kalamush va quyonlardir. Ammo ayrimlar hatto albinos olmaxon va jirafalarni ham koʻrgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!