Gipofiz nima?
Gipofiz bezi haqida ma'lumot.
2 min
Bu nima?

Gipofiz tana endokrin tizimining bir qismidir. Endokrin tizim butun tanada joylashgan bezlardan iborat. Bu bezlar gormon deb ataladigan, faol kimyoviy modda ishlab chiqaradi. Ushbu bezlardan chiqqan ajralmalar toʻgʻridan toʻgʻri qonga tushib, butun tanaga tarqaladi. Umuman olganda, endokrin tizim tanadagi koʻplab jarayonlarni tartibga solishda qatnashadi. Bu tizimning bir qismi boʻlgan gipofiz esa tanadagi koʻplab jarayonlarni boshqaradi. Bu oʻsishni tartibga soluvchi, sut ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi va boshqa endokrin bezlarni boshqaradigan, eng muhim aʼzodir.

Ajablanarlisi shundaki, bu ahamiyatli bezning oʻlchami ham, ogʻirligi ham taxminan noʻxatdek. Gipofiz miyaning pastki yuzasiga yopishgan va suyak bilan himoyalangan. Kichik oʻlchamiga qaramay, bu bez ikki qism — old va orqa pallaga boʻlingan. Old palladan kichikroq boʻlgan orqa pallaga uni tananing turli qismlari bilan bogʻlaydigan, 50 000 dan ortiq nerv uchi bogʻlangan.

Gipofiz boshqa bez — tiroidga taʼsir qilish orqali bolalarning oʻsishini nazorat qiladi. Gipofiz insonning jinsiy rivojlanishini ham nazorat qiladi. Shuningdek, u metabolizm uchun, yaʼni ozuqa moddalarning turli xil energiyaga aylantirilishiga ham javobgardir. Gipofiz muayyan mushak, buyrak va boshqa aʼzolar bilan ham bogʻliq. Ushbu bezda uning faolligini oshiradigan yoki kamaytiradigan oʻsmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu odamlarning baland yoki mitti boʻlib qolishiga sabab boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!