Miyaga qon quyilishi nima?
Qon quyilish sabablari.
2 min
Inson organizmi

Miyaga qon quyilishi bu — miya shikastlanishining bir shakli. Uning boshqa nomi apopleksiyadir. Miyaga qon quyilganida uning biror qismiga qon borishi toʻsatdan toʻxtaydi. Natijada, miyaning shu qismi bilan bogʻliq barcha tuzilmalar shikastlanadi. Miyaga qon kelishi bir nechta sabablarga koʻra buzilishi mumkin:

1. Biron-bir qon tomiri shikastlanishi va bu qon ketishiga olib kelganda. 

2. Qon tomirida tromb hosil boʻlib, qon oʻtishini toʻsib qoʻyganda. Bu jarayon tromboz deb ataladi.

3. Arteriya spazmi paydo boʻlganda.

4. Qon tomirini biron-bir kichik zarracha, koʻpincha qonda suzib yuradigan qon quyqasi toʻsib qoʻyganda. Bu jarayon emboliya deb ataladi. Emboliya odatda yurak kasalliklari bilan bogʻliq, ammo boshqa kasalliklar ham emboliyaga sabab boʻlishi mumkin.

Miyaga qon quyilishining sababi unchalik muhim emas. Muhim jihati u keltirib chiqaradigan oqibatlar: harakatimiz, hislarimiz, haroratimiz va koʻrish qobiliyatimizni boshqaradigan miya qismlariga zarar yetkazishdir. Miyaga qon quyilishining eng keng tarqalgan sababi trombozdir. Ajablanarlisi shundaki, bu turdagi miyaga qon quyilishi hatto harakatsiz holatda ham sodir boʻlishi mumkin. Masalan, kishi ertalab uygʻonib, qoʻli, oyogʻi yoki tanasining yarmini qimirlata olmasligi mumkin. Yoki gapirish qobiliyatini qisman yoki butunlay yoʻqotishi mumkin. Bu turdagi miyaga qon quyilishini boshdan kechirgan odamlar yana faol hayot kechirishi mumkin. Ammo odatda baʼzi asoratlar saqlanib qoladi. Miyaga qon quyilishini davolashda shifokor, birinchi navbatda, uning sabablarini aniqlashi kerak. Buning uchun shifokorga bemorning toʻliq tibbiy kasallik tarixi kerak boʻladi.

Miyaga qon quyilishi natijasida nogiron boʻlib qolgan odamlar koʻpincha jismoniy mashqlar orqali avvalgi holatini tiklashi mumkin. Miyaga qon quyilishi mushaklarga va gapirish qobiliyatiga taʼsir qilganlarga ham bu mashqlar foyda beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!