G‘uddasimon bez — epifiz nima?
Epifiz bezi qanday vazifa bajaradi?
2 min
Bu nima?

Tanada muayyan moddalar ishlab chiqaradigan aʼzolar mavjud. Ular bezlar deb ataladi. Odatda “bez” soʻzi endokrin tizim yoki ichki sekretsiya bezlarini anglatadi. Bu bezlar aʼzolarga biron-bir tomir orqali boradigan emas, toʻgʻridan toʻgʻri qonga tushadigan moddalarni ishlab chiqaradi. Bu moddalar gormonlar deb ataladi.

Gormonlar qon oqimi bilan tarqaladigan va tananing barcha qismlariga taʼsir qiladigan kimyoviy suyuqliklardir. Tanada bu moddalarni ishlab chiqaradigan bezlar talaygina. Tananing asosiy bezlari — qalqonsimon, qalqonsimon bez oldi, timus, epifiz, gipofiz, buyrak usti, jinsiy va oshqozon osti.

Shunday qilib, epifiz tananing endokrin bezi va mazkur tizimning bir qismi ekaniga ishonch hosil qildik. Shunga qaramay, epifiz qanday gormon ishlab chiqarishini bilmaymiz. Bu kichik oʻlchamdagi, juda sirli aʼzo. Epifizning oʻlchami kichikroq tabletkaday boʻlib, miya markazida, bosh tepasida joylashgan.

Qadimgi shifokorlar joylashuvi tufayli epifiz bezini fikrlash jarayoni bilan bogʻliq deb hisoblagan. Baʼzi mualliflar esa bu bir vaqtlar sudralib yuruvchilarda kabi odamda ham boʻlgan, “uchinchi koʻz”dan qolgan narsa boʻlishi mumkin degan fikrda edi. Hozirgi vaqtda bu bez gormonlar ishlab chiqaradi va endokrin tizimining boshqa bezlari ishiga taʼsir qiladi deb hisoblanadi. Masalan, bu bez gipofiz beziga juda yaqin joylashgan va uning ishlashiga birmuncha taʼsir qilishi mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!