Til qanday vazifa bajaradi?
Til qanday vazifa bajaradi? Til nima?
2 min
Inson organizmi

Til ham tana aʼzosi, ham kishini lol qoldiruvchi mushaklardan biri. U tanaga faqat bir tomoni bilan biriktirilgan yagona mushakdir. Shuning uchun til boshqa hech qaysi mushak qila olmaydigan tarzda harakatlana oladi va bu xususiyati u bajaradigan baʼzi funksiyalar uchun juda muhimdir.

Turli xil tovushlarning katta toʻplamidan foydalangan holda gapirganimizda, til turli xil holat va shakllarni olib, tovushlarni chiqarishga imkon beradi. Butun alifboni asta-sekin talaffuz qilib koʻring va turli xil tovushlarni talaffuz qilishda til turli holatlarni egallashini payqaysiz. Tilning sirtini qoplagan shilliq qoplama ovqatni qabul qilish, ushlab turish va chaynashda ishtirok etadi. Til yuzasi biz isteʼmol qiladigan ovqatga taʼsir qiluvchi “qirgʻich, gʻaltak, kir yuvish taxtasi, choʻtka, xaskash va nuqtalar” birikmasidan iboratdir.

Shuningdek, til his etish bilan bogʻliq eng nozik aʼzolardan biridir. U doimo ogʻizda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida bizga xabar berib, nima yeb-ichayotganimiz haqida markaziy asab tizimini xabardor qiladi. Nihoyat, tilda taʼm soʻrgʻichlari mavjud. Til yuzasi mayda soʻgallarga oʻxshash, kichik boʻrtmachalar bilan qoplangan boʻlib, ularning devorida taʼm soʻrgʻichlari joylashgan.

Odamda taxminan 3000 ta taʼm soʻrgʻichi bor. Sigirda ularning soni taxminan 35 mingta, kitda esa juda kam yoki umuman yoʻq. Ularning soni hayvonning taʼmga boʻlgan ehtiyojiga bogʻliq. Odamning taʼm soʻrgʻichlari uch xil taʼm — shirin, shoʻr va achchiqni sezishga qodir. Ular nordonni ham seza oladi, lekin bu qolgan uchtasining kombinatsiyasi boʻlishi ham mumkin.

Tilning turli qismi har xil taʼmga sezgir. Uning orqa tomoni achchiqqa, yon tomonlari esa nordon va shoʻrga, tilning uchi esa shiringa sezgir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!