20.02.2024
Koʻpchiligimiz hech boʻlmaganda bir marta, vaqtida ovqatlanmasak, yoqimsiz hislarni boshdan kechiramiz. Agar 12 soat davomida och qolsak, umuman kayfiyatimiz boʻlmaydi. Ammo juda uzoq vaqt davomida “roʻza tutishga” qodir boʻlgan odamlar ham uchraydi. Uzoq muddat och qolish boʻyicha koʻplab rekordlar haqida maʼlumotlar bor, lekin bunday holatlarning aksariyatida tibbiy dalillar boʻlmagani uchun shubha uygʻonadi. Hatto janubiy afrikalik bir ayol 102 kun davomida suvdan boshqa hech narsa isteʼmol qilmaganini ham aytgan.
Tirik mavjudotlar oʻrtasida birmuncha vaqt ozuqasiz yashash qobiliyatiga koʻra katta farqlar mavjud. Masalan, hayvonlarda yashaydigan kana bir yil ozuqasiz yashashi mumkin. Issiqqon hayvonlar tanasidagi zaxiralarni tezroq sarflaydi. Hayvon qanchalik kichik va faol boʻlsa, u zaxiralarini shunchalik tez sarflaydi. Kichik qush ochlikdan taxminan besh kundan keyin, it esa yigirma kundan keyin oʻlishi mumkin.
Umuman olganda, issiqqon hayvon normal vaznining yarmini yoʻqotganda oʻlishini aytish mumkin. Oʻz-oʻzidan vazn katta ahamiyatga ega. Inson va boshqa tirik mavjudotlar moddalar almashinuvi muvozanatida yashaydi, yaʼni muayyan minimumga erishilgandan soʻng tana oʻz vaznini tiklashi kerak.
Tana vazni chanqoq, ochlik hissi, ishtaha bilan tartibga solinadi. Agar qonimizda biron-bir ozuqa moddasi yetishmasa, bu miyaning bir qismida qayd etiladi va ochlikni his qilamiz. Tana istalgan yoqilgʻini (ovqatni) talab qiladi. Ishtahamiz esa tanamiz ehtiyojlarini qondiradigan oziq-ovqat tanlashimizni boshqaradi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.