Saturn halqalari: bu nima?
Saturn atrofidagi halqalar qayerdan paydo bo'lgan?
2 min
Sayyoralar

Teleskop yordamida birinchi marta osmonni oʻrganayotgan buyuk italiyalik olim Galileo Galiley 1610-yilda Quyosh tizimidagi sayyoralardan biri — Saturnning gʻalati xususiyatini topgan. U Saturnning yonida ulkan boʻrtiqlarni koʻrgan. 1655-yilda Kristian Gyuygens Saturnni yanada kuchli teleskop yordamida oʻrganib chiqqan. Uning koʻz oʻngida namoyon boʻlgan tasvir shunchalik gʻalati boʻlganidan, u hatto koʻrgan narsasi haqida kimgadir aytishdan choʻchigan. Shuning uchun u oʻz kuzatuvlarini maxsus shifr yordamida kundalikka yozib borgan. Keyinchalik uning qaydlarida quyidagilarni oʻqishgan: “U ekliptikaga qiya joylashgan va sayyora yuzasiga tegmaydigan ingichka, tekis halqa bilan oʻralgan”.

Dastlabki kuzatuvchilarni juda hayratda qoldirgan Saturn halqalari hali ham Quyosh tizimining eng katta sirlaridan biri boʻlib qolmoqda. Maʼlumki, bunga oʻxshash hodisa butun oʻrganilgan koinotning boshqa hech bir joyida mavjud emas. Albatta, Galiley kashf etganidan beri Saturn odamlar tomonidan ancha oʻrganildi. Bu Quyosh tizimining Yupiterdan keyingi ikkinchi sayyorasi va uning Quyosh atrofida aylanish davri 29,5 yil ekanini bilamiz. Uning atrofida 10 ta sunʼiy yoʻldosh bor. Sayyora yuzasi teleskoplar orqali koʻrib boʻlmaydigan atmosfera ostida yashiringan. Sayyora qobigʻi turli metallarning minerallaridan iborat boʻlishi mumkin.

Ammo Saturnning asosiy xususiyati bu — uning sirli halqalari, ya’ni uchta asosiy halqasi sayyora ekvatoriga toʻgʻri keladigan, bir xil tekislikda yotadi. Halqalarning tashqi diametri taxminan 270 000 km ni tashkil qiladi. Oʻrtadagi halqa eng yorqinidir. Tashqi halqadan uni 2900 km kenglikdagi boʻshliq ajratib turadi. Ichki halqa juda xira koʻrinadi.

Kosmik sunʼiy yoʻldoshlarga oʻrnatilgan uskunalar yordamida bu uchtadan tashqari, yana bir nechta zoʻrgʻa koʻrinadigan tashqi halqalar va Saturn atmosferasida suzib yurgan bulutlar darajasida joylashgan, bitta ichki halqa topildi. Saturnning halqalari qattiq narsalar emas, ammo sayyora atrofida kichik oylar kabi aylanib yurgan, muz bilan qoplangan tosh qoldiqlaridan iborat. Ehtimol, ular yoʻldoshning parchalari boʻlib, biron sababga koʻra hech birlasha olmagandir…

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!