Bulutlar osmonda qanday muallaq qoladi?

Avvalambor, barcha bulutlar ham osmonda suzib yurmasligini aytishimiz kerak. Ularning baʼzilari shundoq yer yuzasiga yaqin boʻladi. Biz tuman deb ataydigan narsa bulutning bir koʻrinishidir. Havoda har doim maʼlum miqdorda suv bugʻi mavjud boʻladi. Issiq va nam havo soviganida, bu bugʻ kondensatsiyalana boshlaydi. Kondensatsiya bu — bugʻlanish jarayoniga teskari boʻlgan, moddaning gaz holatidan suyuq holatga oʻtish jarayoni. Natijada havoda koʻp miqdordagi mayda suv tomchilari toʻplanib, ularning toʻplami bulutlarni hosil qiladi. Yerdan yuqoriga koʻtariladigan havo oqimi esa bulutlarni osmonda muallaq ushlab turadi.

Havo sovishda davom etsa, bulutda koʻproq suv toʻplana boshlaydi. Asta-sekin mayda tomchilar tobora kattalashib boradi va nihoyat shunchalik ogʻirlashadiki, natijada yomgʻir shaklida yerga tushadi. Agar ular harorati muzlash haroratidan past boʻlgan havo qatlami orqali oʻtsa, unda qor yoki doʻlga aylanadi. Bulutlar yer yuzasidan turli balandliklarda hosil boʻladi. Shunga koʻra, ular bir nechta — yuqori, oʻrta, past va barcha balandliklarda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan turlarga boʻlinadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!