Nega tanamiz issiq?

Tana oʻz vazifalarini bajarishi uchun energiyaga muhtoj. Bu energiya oksidlanish jarayoni orqali olinadi. Bu jarayon uchun yoqilgʻi vazifasini biz isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlar bajaradi. Albatta, bu oksidlanish yoki “yonish” jarayoni olov, yuqori harorat natijasida sodir boʻlmaydi. Tanada vazifasi kislorodni yoqilgʻi bilan tartibli, boshqaruvchi tarzda biriktirish boʻlgan moddalar mavjud.

Tana oʻzining oʻrtacha haroratini 37 °C atrofida ushlab turadi va bu harorat doimiy ravishda saqlanadi. Buni miyaning harorat markazi deb ataladigan qismi boshqaradi. Aslida uning oʻzi uchta — qon haroratini tartibga soluvchi nazorat, qon harorati pasayganda uni oshiradigan va harorat juda yuqori boʻlganda qonni sovutadigan markazlardan iborat. Qon harorati pasayganda nima sodir boʻladi? Bu holda asab tizimining bir qismi ishga tushadi. Muayyan bezlar oksidlanishni kuchaytirish uchun mushak va jigarga fermentlarni yuboradi, ichki harorat koʻtariladi.

Bundan tashqari, issiqlik nurlanishi tufayli issiqlik yoʻqotilishini kamaytirish uchun terining qon tomirlari toraytiriladi. Hatto teri yuzasidagi mayda bezlar ham issiqlik yoʻqotilishini kamaytiruvchi yogʻ ishlab chiqarish orqali bunga yordam beradi. Qon harorati juda pasaysa, avtomatik tarzda titroq boshlanadi. Miyaning harorat markazi tana isinib olishi uchun uni titrashga majbur qiladi. Qon harorati oshganda sovutish markazi ishga tushadi. U ortiqcha issiqlik atmosferaga oʻtishi va ter osonroq bugʻlanishi uchun teri tomirlarini kengaytiradi.

Terlash — butun tanani sovutishning tezkor usuli. Bugʻlanganida suyuqlik oʻzi turgan joyni sovutadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!