Biz qanday nafas olamiz?

Har bir tirik mavjudot qandaydir tarzda nafas olishi kerak. Barcha tirik mavjudotlar nafas olish orqali kislorod oladi. Odam oʻpkasini havo bilan toʻldirib, kislorod oladi va bunda nafas olishdan osonroq narsa yoʻqdek tuyuladi. Biz hatto buni qanday qilishimiz haqida ham oʻylamaymiz ham. Aslida bu juda murakkab jarayon. Odam nafas olganida havo tanaga “yuqori nafas yoʻli” deb ataladigan bir nechta naychalar orqali kiradi. Bu burundan boshlanadi. Bu yerda havo oʻpka uchun zararli boʻlgan zarralardan tozalanadi yoki filtrlanadi.

Bundan tashqari, burun oʻpkaga olinayotgan havoni isitadi. Havo burundan tomoq orqali pastga tushadi. Bu yerda havo bronxlar deb ataladigan ikkita kichik naychaga kiradi. Bronxlarning har biri oʻpkalarning biriga ulangan. Oʻpka katta, yumshoq aʼzodir. Butun oʻpka “plevra” deb ataladigan yupqa qoplama bilan oʻralgan. Oʻpka toʻqimasi yupqa shimgichga oʻxshaydi. Oʻpkada boʻshliq yoki havo qoplari mavjud boʻlib, bronxlardan havo aynan shu yerga kelib tushadi. Tanaga kerakli gazlar ishlatiladi, keraksizlari esa tashqariga chiqariladi. Bu havo boʻshliqlari alveolalar deb ataladi.

Biz nafas olayotgan havo kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bugʻlaridan iborat. Xuddi shu gazlar qonda ham boshqa nisbatlarda mavjud. Toza havo bilan nafas olinganda, alveolalarda qonga qaraganda koʻproq kislorod boʻladi. Kislorod qon tomirlarining (kapillyarlarning) juda yupqa devorlari orqali oʻtib, qonga aralashadi.

Karbonat angidrid esa qondan havo qoplariga oʻtadi va nafas bilan chiqariladi. Nafas olish jarayoni ancha murakkab va bu haqida hali koʻp narsalarni aytish mumkin boʻlsa-da, eng muhimi shundaki, gaz almashinuvi hujayralarga kislorod olib, karbonat angidriddan xalos boʻlish imkonini beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!