20.02.2024
Inson terisining rangi tanadagi uchta pigment yoki rang beruvchi moddalarga bogʻliq. Ulardan birinchisi jigarrang modda — melanin. Ikkinchisi — karotin, sariq rangli modda. Uchinchisi, qonda mavjud boʻlgan qizil modda — gemoglobin. Yerdagi turli irqlarning terisi rangidagi farqlar teridagi melanin miqdoriga bogʻliq.
Quyosh nuri taʼsirida teri koʻproq melanin ishlab chiqargani tufayli issiq iqlimda yashovchi odamlarning terisi qoramtir boʻlishi hammamizga maʼlum. Agar ortda qolgan ilgarigi davrlarga nazar solsak, rivojlanish bir vaqtning oʻzida odamlarning uchta guruhida ham yuz berganini koʻramiz. Ulardan biri — mongoloidlar boʻlib, unga mansub odamlar terisining rangi sariqdan jigarranggacha boʻlgan.
Ikkinchi guruh — turli xil tusdagi qoramtir teriga ega negroidlar. Uchinchi guruh esa oq terili odamlar. Asrlar davomida bu guruhlar koʻpincha bir-biri bilan aralashib ketgan. Bu yaqin vaqtgacha alohida rivojlangan negroidlarga unchalik taalluqli emas. Bu aralashuvlarga qaramay, insoniyat oʻziga xos xususiyatlariga koʻra beshta irq — oq, mongol (sariq), malay (jigarrang), negroid (qora) va amerikaliklarga (qizil) boʻlinadi.
Hozirgi vaqtda olimlar insoniyatni beshta alohida irqqa boʻlish mumkin degan fikrni yoqlamaydi. Hatto kelib chiqishi bir xil boʻlgan odamlar orasida ham rang farqi juda koʻp. Masalan, oq irq uchta asosiy guruh — terisining rangi qoramtir boʻlgan Oʻrta dengiz boʻyidagi aholi, oq teriga ega odamlardan tashkil topgan shimoliy guruh vakillari va terisi rangi juda qoramtir boʻlgan Alp guruhi odamlarining aralashmasidir.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.