Nega odamlar uyqusida yuradi?

Bunday holatlar kam uchraydi. Uyquda yurish xatti-harakatlarning maʼlum bir shakli boʻlgani sababli unda biror sir-sinoat yoʻq. Bu hodisani tushunish uchun, avvalo, uyqu nima ekanini koʻrib chiqishimiz kerak. Uyqu tananing charchagan aʼzo va toʻqimalari dam olib, tiklanishi uchun kerak. Hali ham qanday va nima uchun uxlashimiz haqida aniq ilmiy izohga ega emasmiz, ammo miyada uyqu markazi mavjud boʻlib, u tananing uyqu va bedorlik holatini tartibga soladi deb hisoblanadi.

Bu uyqu markazini aynan nima tartibga soladi? Qon. Tananing faoliyati tufayli kun davomida qonga baʼzi moddalar tushadi. Qonga tushgan bu moddalardan biri kalsiy uyqu markaziga taʼsir qiladi. Uyqu markazi kalsiydan “taʼsirlanishi” uchun ungacha maxsus moddalar tomonidan “sezgirligi” oshiriladi. Faoliyatini boshlagan uyqu markazi ikkita ishni bajaradi.

Birinchidan, biror narsa qilishga istak boʻlmasligi uchun miyaning bir qismi faolligini toʻxtatadi va biz hushsiz holatga tushamiz. Bu hodisani miya uyqusi deb atash mumkin. Ikkinchidan, ichki aʼzolar va oyoq-qoʻllar ham uxlashi uchun u miyadagi baʼzi nervlarni “oʻchiradi”. Keling, bu hodisani tana uyqusi deb ataylik. Odatda, tananing bu ikki reaksiyasi yoki uyqu turlari oʻzaro bogʻliqdir.

Ammo muayyan sharoitlarda ular boʻlinishi mumkin! Tana bedor boʻlganda miya uxlashi mumkin. Bu asab tizimi buzilgan kishilar bilan sodir boʻlishi mumkin, yaʼni bunday odamlar miyasi uxlayotganda, oʻzlari yotoqdan chiqib, sayr qilib yurishi mumkin! Miya va tana uyqusi oʻrtasidagi aloqa yoʻqoladi va natijada lunatiklar yoki uyqusida yuradigan odamlar paydo boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!