20.02.2024
Buyraklar loviyasimon shakldagi ikkita yapaloq, qattiq ichki organlar boʻlib, tanamizning eng muhim aʼzolaridan biri hisoblanadi. Ular umurtqa pogʻonasining ikki tomonida, taxminan bel sohasida joylashgan. Ularning uzunligi taxminan oʻn santimetrga yaqin. Buyraklar tanadan keraksiz moddalarni olib chiqishga yordam beradi.
Tananing oʻzi uchun keraksiz narsalardan xalos boʻlishi kerakli narsalarni olishi kabi bir xil darajada muhimdir. Ammo buyraklar bir vaqtning oʻzida tanada boshqa moddalar saqlanib qolinishini ham nazorat qiladi. Kapillyarlar har bir buyrakning tashqi tomonida, yupqa parda bilan qoplangan koptokchaga oʻxshash narsani tashkil etuvchi, mayda halqalarni hosil qiladi. Har bir buyrakda nefron deb nomlanuvchi taxminan 1,5 millionta shunday koptokcha bor.
Har daqiqada buyraklar orqali boshqa aʼzolarga qaraganda koʻproq qon oqib oʻtadi. Koptokchalar qondagi erigan moddalarni oʻz ichiga olgan suyuqlikning bir qismini parda orqali oʻtishiga imkon beradi. Parda orqali oʻtgan suyuqlik siydik deb ataladi. U har bir koptokchani qoplagan “qadah” ichida toʻplanadi. Siydik “qadah”lardan juda ingichka naycha orqali chiqib ketadi. Siydik bu ingichka naychalar orqali oʻtayotganda, ularning pardasidagi hujayralar qon va siydik oʻrtasidagi modda almashinuvi bilan shugʻullanadi.
Tana uchun zarur boʻlgan moddalar qonga qaytariladi. Naychalardan katta miqdordagi suv ham qonga qaytadi. Buyraklar shu tarzda tanadagi maqbul suv muvozanatini saqlaydi. Buyrak naychalari qonning kislota darajasini ham tartibga soladi. Barcha naychalar buyrak ichida toʻplanib, buyrak jomi deb ataladigan boʻshliqqa chiqadi. Soʻngra siydik buyraklarni siydik pufagi bilan bogʻlaydigan, siydik yoʻllari deb ataladigan ikkita naycha orqali pastga tushadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.