20.02.2024
Odamning tishlari ikki marta almashadi: avval uning sut tishlari, keyin esa asosiy — doimiy tishlari chiqadi. Tishlarning toʻliq toʻplamida ularning toʻrt xil turi mavjud boʻlib, ularning har biri oʻziga xos vazifalarni bajaradi. Markazda joylashgan kurak tishlar ovqatni uzib oladi. Ularning har ikki tomonida joylashgan qoziq, kichik jagʻ va ogʻizning orqa qismidagi katta jagʻ tishlari ovqatni maydalaydi.
Yuqori va pastki jagʻlarning har birida oʻntadan, jami yigirmata sut tishi boʻladi. Ular tugʻilgandan taxminan 30 hafta oʻtgach shakllana boshlaydi. Aksariyat bolalarda birinchi boʻlib pastki tishlar paydo boʻladi. Ular odatda chaqaloq taxminan olti oylik boʻlganida chiqadi, oltinchi va oʻttizinchi oylar orasida esa qolganlari ham paydo boʻladi.
Ilk sut tishlari toʻrtta kurak, ikkita qoziq va toʻrtta katta jagʻ tishlaridan iborat boʻladi. Doimiy 32 ta tishning 28 tasi odatda bola hayotining oltinchi va oʻn toʻrtinchi yillari orasida oʻsib chiqadi. “Aql tishi” deb ataladigan qolgan toʻrttasi oʻn yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha oʻsadi. Doimiy tishlarga har bir jagʻdagi toʻrtta kurak, ikkita qoziq, toʻrtta kichik va oltita katta jagʻ tishi kiradi. Oʻn ikkita doimiy katta jagʻ tishi dastlabki sut tishlarini almashtirmaydi. Jagʻ choʻzilganda, ular dastlabki tishlar ortidan oʻsadi. Doimiy tarkibdagi kichik jagʻ tishlari sut tishlar tarkibidagi katta jagʻ tishlari oʻrnini bosadi. Koʻpincha “olti yashar jagʻ tishlari” deb ataladigan dastlabki katta jagʻ tishlar odatda birinchi boʻlib chiqadi. Ular eng yirik va muhim tishlardir. Ularning jagʻdagi holati pastki jagʻning shakli va qolgan doimiy tishlarning joylashuvini aniqlab beradi. Ular koʻpincha dastlabki jagʻ tishlar orqasida paydo boʻladi va yanglish dastlabki tishlar deb qabul qilinadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.