Qachon o‘sishdan to‘xtaymiz?

Yangi tugʻilgan chaqaloqning tana uzunligi oʻrtacha ellik santimetrga teng. Yigirma yil ichida bu uvoqqina tana uch baravardan koʻproq oʻsadi. Erkaklarning oʻrtacha boʻyi — 1,7 metr. Ammo odam shundan keyin ham oʻsishdan toʻxtamaydi. U hatto yigirma besh yoshida ham oʻsishda davom etadi va taxminan 35—40 yoshida boʻyi maksimal balandlikka yetadi. Keyin nima boʻladi? U nafaqat oʻsishdan toʻxtaydi, balki “quriy boshlaydi”.

Qirq yoshdan keyin odam har oʻn yilda oʻrtacha oʻn millimetrga “quriydi”. Boʻgʻimlar va umurtqa pogʻonasidagi togʻayning qurishi mana shu holatning alomati. Oʻsish tezligi yil mavsumiga bogʻliq. Bolalar qishga qaraganda yozda tezroq oʻsadi. Masalan, maktab yoshidagi bolalar yoz oylarida qishdagiga qaraganda ikki baravar tez oʻsadi. Ovqatlanish va turmush tarzining yaxshilanishi — shu va boshqa baʼzi holatlar har bir keyingi avlodni oʻrtacha oldingisidan balandroq boʻlishini taʼminlaydi.

Oʻsish surʼati toʻrtta asosiy bez — qalqonsimon, gipofiz, timus va jinsiy bezlar bilan belgilanadi. Bu bezlar normal va muvozanatli holda ishlasa, oʻsish normal boʻladi. Har kuni ertalab boʻyimiz kechagi oqshomga qaraganda balandroq boʻlishi, lekin kun davomida yana kamayishini bilasizmi?

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!