Nega bir oyog‘imiz ikkinchisidan kattaroq?

Poyabzal xarid qilayotganingizda yoki oyoqlaringiz oʻlchamini olganda, bir oyogʻingiz boshqasidan kattaroq ekanini payqagan boʻlsangiz kerak. Nega bir xil ishni bajaradigan oyoqlar bilan bunday holat kuzatiladi? Bu — tanamiz assimetrik, yaʼni uning chap va oʻng yarmi bir xil emasligi sababli roʻy beradi. Bir nechta misollar yordamida bunga oʻzingiz ishonch hosil qilishingiz mumkin. Koʻzguga qarab, yuzingizning oʻng yarmi chap tarafiga qaraganda ancha rivojlanganini payqaysiz. Oʻng yonoq koʻproq bo‘rtib chiqqan. Ogʻiz, koʻz va quloq esa aniqroq konturlarga ega. Xuddi shu narsa butun tanaga ham tegishli. Oyoqlar ham kuch va chaqqonligiga koʻra bir xil emas.

Yurak chap tomonda, jigar esa oʻng tomonda, yaʼni tananing ichki qismi ham assimetrikdir. Natijada skeletimiz ham biroz notekis rivojlanadi. Bu kichik farq esa bizning harakatlarimizga katta taʼsir ko‘rsatadi. Tananing notekis rivojlanishi notekis qadam tashlashga olib keladi.

Natijada hech narsani koʻrib boʻlmaydigan vaqtlarda, masalan, qor boʻroni, tuman paytida yoki bogʻlangan koʻzlar bilan aylana boʻylab yuramiz. Hayvonlarning tana tuzilishi ham assimetrik va bu narsa ularga ham tegishli. Agar mashina bogʻlangan koʻz bilan boshqarilsa, oxir-oqibat u ham aylana boʻylab harakatlana boshlaydi!

Agar oʻnaqay (o‘ng qo‘l) va chapaqay odamlar haqida qiziqsak, gʻalati bir narsaga duch kelamiz. Dunyoda odamlarning 96 % i oʻnaqaydir. Ammo buning sababi tananing emas, balki miyaning assimetriyasidir. Miyaning chap yarmi tananing oʻng yarmini boshqaradi va aksincha. Miyaning chap yarmi oʻng yarmidan ustunroq boʻlgani sababli bu jihat tananing oʻng yarmini yanada harakatchan qiladi va natijada koʻpchiligimiz oʻng qoʻlmiz!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!