20.02.2024
Umumiy koʻrinishda nurlanish bu — energiya toʻlqinlarining tarqalishi. Bu hodisa garchi u vaqtda buning nimaligini aniq bilmagan boʻlsangiz-da, sizga bolalikdan tanish. Qoʻlingizni qizigan pechka, radiator yoki yonib turgan lampochkaga yaqinlashtirsangiz, ulardan taralayotgan haroratni sezasiz. Quyosh tagida oʻtirsangiz, “ultrabinafsha nurlari” deb ataladigan nurlanish teringizga taʼsir koʻrsatadi. Bularning barchasi elektromagnitli nurlanishga misol boʻladi.
Nurlanishning asosiy turi radioaktiv nurlanish deb ataladi. U radioaktiv moddalar va yadro reaksiyalaridan paydo boʻlib, energiya zarralari va toʻlqinlarini tarqatadi. Elektromagnitli nurlanish energiya toʻlqinlarining tarqalishi boʻlgani uchun biz bu toʻlqin haqida ozmi-koʻpmi bilishimiz kerak.
Toʻlqinlar orasidagi masofa toʻlqinlar uzunligi deb ataladi. Bir soniyada maʼlum bir nuqta orqali oʻtadigan toʻlqinlar miqdori chastota deyiladi. Toʻlqin uzunligining muayyan diapazondagi toʻlqinlar guruhi spektr deb ataladi. Eng qisqa toʻlqin uzunligiga ega guruh rentgen nurlari spektri nomini olgan. Undan keyin ultrabinafsha nurlari spektri keladi. Uning ortidan biz toʻlqinlarini koʻrishimiz mumkin boʻlgan va koʻz ilgʻaydigan nurlar spektri keladi. Keyingi diapazonda toʻlqinlar uzayadi va biz ularni boshqa koʻra olmaymiz. Mana shu biz koʻra olmaydigan toʻlqinlar guruhi infraqizil nurlar spektridir.
Yanada uzunroq toʻlqinlar radio, televideniye va radiolokatsiyada qoʻllanadi. Ushbu toʻlqinlarning manbasi qayerda joylashgan? Baʼzi hollarda ularni yaratish uchun maxsus qurilmalar kerak boʻladi. Boshqa payt ular tabiatdan olinadi. Tabiiy toʻlqinlarga, masalan, quyosh nurlari misol boʻla oladi. Nurlanishni paydo qilish uchun energiya kerak. Quyoshga keladigan boʻlsak, unda energiya termoyadro reaksiyasi natijasida paydo boʻladi. Rentgen nurlarini olish uchun esa nishon zarralar bilan “bombardimon” qilinadi.
Radioaktiv nurlanish bu — maʼlum elementlarning oʻzgarishi yoki parchalanishi jarayoni. Bunday kimyoviy elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Ular atom yadrolarining boʻlinishi natijasida zarrachalar (va toʻlqinlar) ajraladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.