20.02.2024
Sayyoralarning bizga har xil boʻlib koʻrinishining sababi shundaki, ularning har biri turli moddalardan tashkil topgan. Ularning barchasi Quyosh atrofida aylanishi va bitta Quyosh tizimining qismlari boʻlishiga qaramay, tarkibi bir-biridan farq qiladi. Sayyoralar nimadan tashkil topgani toʻgʻrisida ma’lumotlar juda kam. Bu inson tomonidan oʻtkazilayotgan va oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan kosmik tadqiqotlar yordamida javob olish mumkin boʻlgan savollardan biridir.
Keling, har bir sayyoraning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni koʻrib chiqamiz.
Merkuriy bu — kichik togʻli olam. Unda bir qancha qoramtir joylar va koʻplab kraterlar mavjud. Ammo u yerda atmosfera va suv yoʻq.
Venera bu — tumanli dogʻlardan iborat oq shar. U suv bugʻidan emas, balki tuzli kislota bugʻidan tashkil topgan oq bulutlar qatlami bilan deyarli toʻliq qoplangan. Ushbu bulutlar ostida tarkibi nafas olish uchun yaroqsiz karbonat angidrid gazlaridan iborat Venera atmosferasi mavjud. U quyosh nurini koʻrpa singari yutgani sababli sayyora yuzasidagi harorat 500 °C darajagacha koʻtariladi. Shuning uchun Venerada suv yoʻq.
Mars sayyorasini undagi sahrolar rangi uchun qizil sayyora deb atashadi. U Yerdan ikki marotaba kichik. Unda karbonat angidrid gazidan tashkil topgan juda yupqa bulutli atmosfera qatlami mavjud. Marsda biror-bir hayot nishonasi topilmagan. Buning sababi uning yuzasi juda sovuqligida boʻlsa kerak.
Yupiter koʻz oldimizda sariq aylana atrofida aylanuvchi rangli bulut tasmalari va bulutlar fonida yaxshi koʻrinadigan ulkan qizil dogʻ boʻlib namoyon boʻladi. Yupiter bu — sayyora markaziga yaqinlashganda zichlashadigan, asosan, vodorod va geliydan tashkil topgan gigant suyuq shar.
Saturn — suyuq vodoroddan tashkil topgan sayyora. Uning atrofida bir nechta yorqin halqalar mavjud. Ular son-sanoqsiz zarralardan tashkil topgan boʻlib, mitti oy kabi sayyora atrofida oʻz orbitasi boʻyicha harakatlanadi.
Uran sayyorasining atrofida ham halqalar bor, ammo ular Saturn halqalariga qaraganda ancha qoraroq.
Neptun — xira yashil sayyora.
Pluton esa Quyosh tizimining eng mitti sayyorasi edi, ammo 2006-yilda u sayyoralar roʻyxatidan chiqarib tashlandi va karlik (mitti) sayyora deb hisoblana boshlandi.
Demak hozirda bizning Quyosh tizimimizda 8 ta sayyora bor ekan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.