20.02.2024
Sayyora yulduzdan farq qiladi. Yulduz — issiqlik va yorugʻlik chiqaradigan issiq gazlardan tashkil topgan ulkan shar. Sayyora bu — qaytgan yorugʻlik bilan nur sochadigan ancha kichikroq samoviy jism. Keling, Quyoshga eng yaqin sayyoralardan boshlaymiz.
Ulardan birinchisi — Merkuriy. Uning diametri 4 640 km, bu deyarli Аtlantika okeanining kengligi, yaʼni bu Yer oʻlchamining faqat bir qismidir.
Keyingi sayyora — Venera. Uning oʻlchami Yer bilan deyarli bir xil. Uning diametri 12 160 km, Yerning diametri esa 12 660 km. Аytgancha, Venera teskari yoʻnalishda, yaʼni sharqdan gʻarbga aylanadi.
Keyingi sayyora bu bizning Yer, undan keyin esa Mars keladi. Mars qizgʻish nur taratadi, uning diametri 6 720 km, bu Yer diametrining yarmidan biroz koʻproq. Mars sirtining baʼzi qismlari meteoritlar hosil qilgan katta kraterlar sabab Oy manzaralariga oʻxshab ketadi, ammo u yerda sayyoraning ehtimoliy geologik faolligini isbotlovchi ulkan vulqon va vodiylar ham bor.
Keyingi sayyora — Yupiter Quyoshdan uzoqda joylashgan. Orbita boʻyicha bitta aylanani amalga oshirish uchun unga 11,9 Yer yil kerak boʻladi. Yupiter sayyoralarning eng kattasi, uning diametri 141 920 km boʻlib, bu Yer diametridan deyarli 11 baravar koʻp degani.
Uning ortidan keluvchi Saturn ham gigant sayyoralardan biri hisoblanadi. U 120 160 km diametrga ega, bu Yerdnikidan deyarli 9 baravar koʻp. Saturnning gʻayrioddiyligi shundaki, uni milliardlab mayda zarrachalardan iborat yassi halqalar oʻrab olgan.
Keyingi sayyora Uran ham Yerdan ancha katta. Uran biroz yon tomonga ogʻgan: uning oʻqi oʻz orbitasiga 98 gradus burchak ostida ogʻgan (Yer oʻqi 23,5 burchak ostida ogʻgan).
Va Quyosh tizimidagi eng oxirgi sayyora — diametri 48 000 km boʻlgan Neptun. Avval sayyoralar soni 9 ta boʻlgan, ammo 2006-yilda Pluton bu roʻyxatdan chiqarib tashlandi va endilikda u karlik (mitti) sayyora hisoblanadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.