20.02.2024
Yorugʻlik, issiqlik, rentgen va ultrabinafsha nurlari — bularning bari nurlanish turlaridir. Nurlanish toʻlqinlari uzunligi katta diapazonga ega, ularning eng uzuni — radio toʻlqinlar, eng qisqasi — gamma nurlardir. Eng uzun va eng qisqa toʻlqinlar oraligʻida yorugʻlik toʻlqinlari yoki siz-u bizning koʻzimizga koʻrinadigan nurlar joylashgan. Ammo yorugʻlik nurlarining oʻzi ham turli uzunlikdagi toʻlqinlardan iborat.
Har bir rang bu — maʼlum bir uzunlikdagi toʻlqin. Qizil rang inson koʻra oladigan eng uzun toʻlqindir. Soʻngra zargʻaldoq, uning ketidan sariq, yashil, havo rang va eng qisqa toʻlqin uzunligiga ega binafsha rang keladi.
Binafsha rang toʻlqin uzunligidan keyin olimlar ultrabinafsha diapazon deb ataydigan nurlanish keladi. Bu toʻlqinni Quyosh, shuningdek, shu maqsadda buning uchun maxsus tayyorlangan lampalar ajratib chiqaradi.
Ultrabinafsha nurlari binafsha rang toʻlqin uzunligidan har bir santimetrga 1 000 000 toʻlqindan oshiq darajagacha boʻlgan diapazonda mavjuddir. Bu nurlar boshqalarga qaraganda qisqa boʻlgani uchun har qanday toʻsiqdan oʻtib ketish xususiyatiga ega. Shu bilan birga Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarining faqat yarmi Yergacha yetib keladi. Ularning aksariyati Yer yuzasidan ancha uzoqda joylashgan atmosfera tomonidan yutiladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.