“Аvliyo Elm olovi” nima?

“Аvliyo Elm olovi” tabiatning yashin bilan bogʻliq qiziqarli hodisalaridan biridir. Buni anglash uchun chaqmoq chaqqanda nima sodir boʻlishini esga olish kerak boʻladi. Hamma gap zarralarning musbat va manfiy turlarga boʻlinishidadir. Zarralarning bu turi katta kuch bilan bir-biriga tortiladi, agar ular ajratib qoʻyilsa, yana birlashishga intiladi. Bulutda kuchli manfiy yoki musbat zaryad hosil boʻlganida, u pastda, ya’ni yerda qarama-qarshi zaryad paydo boʻlishiga sababchi boʻladi. Elektronlar manfiy zaryad tomondan musbat zaryad tomonga siljiy boshlaydi. Ular asta-sekin bulut bilan yer oʻrtasida zaryadlangan zarralar kanali yoki kanallarini hosil qiladi. Elektronlarning katta toʻlqini hosil boʻlgach, chaqmoq chaqadi.

Zaryadlar nihoyatda katta kuchlanish paydo boʻlguncha toʻplanishi va elektrsizlanishi ham mumkin. Shu bilan birga, ularga yerdan yuqoridagilarning yoniga yetib borishi uchun yordamlashish usuli ham bor. Unda zaryad “choʻtkali razryad” koʻrinishida sizib oʻtadi. Yashin qaytargich ham xuddi shu tariqa ishlaydi, uning yuqori qismi elektronlarning sizib oʻtishiga yordam beradi. “Аvliyo Elm olovi” bu — atmosferadagi elektrning bunday “choʻtkali razryad”ga hamrohlik qiluvchi nurlanishidir. U cherkov qoʻngʻiroqxonasi, kemalarning machtasi kabi obyektlarning oʻtkir uchida olov koʻrinishida paydo boʻladi, bu yerda u koʻproq poʻrtana payti kuzatiladi. Bunda biz chirsillash yoki vishillashga oʻxshash ovozni eshitamiz.

“Аvliyo Elm olovi” tez-tez kuzatiladigan yana bir joy bu — propeller parraklaridir, shuningdek, u qanotlar uchida, shamol oynalarida, quruq qorli havoda yoki momaqaldiroq kuzatilayotgan joy yaqinida uchib ketayotgan samolyotlarning burun qismida paydo boʻladi. Ushbu elektr zaryadi shu qadar kuchli boʻladiki, ba’zan bu samolyot radiosida elektrostatik hodisani ham keltirib chiqaradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!