Stalaktitlar nima?

Stalaktitlar gʻorlarda paydo boʻladi. Ular qanday hosil boʻlishini bilish uchun ana shunday gʻorlardan biri — AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Karlsbad gʻorini tadqiq qilib koʻramiz. Karlsbadda ohaktosh togʻ jinsi sanaladi. Ohaktosh kuchsiz ishqorda ham erishi mumkin boʻlgan yumshoq togʻ jinsidir. Uni eritadigan ishqor yomgʻir suvi tarkibida uchraydi. Yerga tushayotgan yomgʻir tomchilari uglerod ikki oksidini yer va havodan oladi. Bu uglerod ikki oksidi yomgʻir suvini karbonat kislotasiga aylantiradi. Bundan million yillar avval yomgʻirning bir tomchisi gʻor shiftida ushlanib qoldi. Suv bugʻlanib ketgach, ohakning mayda halqasi shiftda kristallga aylanadi. 

Undan keyin ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va h.k. tomchilar ham oʻsha yerda ohak qoldiraverdi. Vaqt oʻtishi bilan ohak halqalari mayda boʻrtiq — “sumalak” hosil qildi. U oʻsishda davom etdi. Boshqa suv tomchisi esa gʻor yeriga tomdi. Uning oʻrnida ham ohak qoldi. Vaqt oʻtib borar, minglab tomchilar oʻsha joyga tushar edi. Ohak zarralari yoʻgʻon tosh shamga oʻxshash nimanidir hosil qilar, “sham” esa oʻsishda davom etardi.

Gʻor shiftidagi tosh sumalak stalaktit, yerdagi yoʻgʻon “sham” esa stalagmit deb ataladi. Stalaktit va stalagmitlarning turli kattalikda boʻlishi gʻordagi namlik darajasi, gʻor ustidagi ohaktosh qatlamining harorati va qalinligiga bogʻliq. Аyrim stalaktitlar yiliga 2 santimetrgacha oʻsadi, boshqalariga esa buning uchun yuzlab yillar kerak. Koʻpincha yuqoriga oʻsadigan stalagmitlar pastga qarab oʻsayotgan stalaktitlar bilan qoʻshilib, ustunlar hosil qiladi. 

Karlsbaddagi eng katta ustunning balandligi 30 metrni tashkil qiladi. Аyrim gʻorlarning shiftlari shokilaga oʻxshash kichik stalaktitlar bilan qoplangan. Boshqa gʻorlarning devorida tosh ignalar yarqirab turadi. Аyrim stalaktitlar yuqoriga va pastga qarab oʻsishi bilan bir qatorda yonga ham qarab oʻsadi. Suv gʻorlarga tushmay qolgach, stalaktitlar oʻsishdan toʻxtaydi. Bunday gʻorlar oʻlik gʻor hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!