Qor qanday foyda keltiradi?

Barchamizga ma’lumki, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi jamiyat hayotini izdan chiqarishi mumkin. Аmmo u foyda ham keltirishi mumkin, masalan, donli ekinlarga. Don oʻsishi uchun suv zarur. Аnhorlarda oqadigan suv qayerdan paydo boʻladi? Yerdagi suvlar haqida bilasizmi? Hozirda ma’lumki, suvning aksariyat qismi (ma’lum bir qismini istisno qilganda) yomgʻir va eriyotgan qordan paydo boʻladi. U Yerning ustki yuzasidan sizib oʻtib, ariq va daryolarni toʻldiradi. Suv hamisha havoda koʻrinmas gaz — suv bugʻi shaklida boʻladi. Qulay sharoitlarda ushbu bugʻ kichik suv tomchilari tarzida kondensatsiyalanadi yoki avval bulutga, keyin esa yomgʻir yoki qorga aylanadigan muz kristallarini hosil qiladi.

Dunyoning koʻpgina mintaqalarida yomgʻir asosiy yogʻingarchilik shakli, demakki, asosiy suv manbasi ham sanaladi. Аmmo sovuq zonalar va balandliklarda yogʻingarchilikning asosiy shakli qor hisoblanadi. Qurgʻoqchil mintaqalardagi togʻlarda yigʻiladigan qor haqiqatda inson barpo qilgan har qanday rezervuardan kattaroq tabiiy suv rezervuarlarini hosil qilishi mumkin. Bunday qor bahor va yoz boshida eriganda, ekinlarni sugʻorish uchun zarur boʻlgan suvga aylanadi.

Ba’zi mintaqalarda donli ekinlar o‘sishini faqat qor suvi ta’minlaydi. Аmerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbiy qismidagi togʻlarda yilning qurgʻoqchil vaqtida donli ekinlarga qancha suv kerakligini aniqlash maqsadida qor miqdori boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!