Meva va sabzavotlar o‘rtasida qanday farq bor?

“Meva” soʻzi odatda oʻsimlikning guldan rivojlanadigan va urugʻi bor etli qismini nazarda tutadi. Sabzavotlar esa oʻtsimon oʻsimliklardir. Oʻtsimon oʻsimlik yumshoq poyali boʻladi, mayda yoki yogʻochga xos boʻlmagan toʻqimaga ega. Botaniklar oʻsimlikning tarkibida urugʻ boʻlgan qismini meva deb atashadi. Ular mevalarni uch sinfga boʻlishadi: apelsin, qovun, rezavor mevalar va olma singari urugʻi bor etli mevalar; olcha, olxoʻri, shaftoli kabi danakli mevalar; yongʻoq, loviya, noʻxat va boshoqli gʻalla singari quruq mevalar.

Аgar sizni botaniklarning (tarkibida urugʻi boʻlgani uchun) loviya va noʻxatni meva deb hisoblashi ajablantirayotgan boʻlsa, bodring va qovoqcha ham meva ekanligini bilgach, hayratingiz ortishi turgan gap. Bu biz ilmning ushbu sohasiga qanchalik jiddiy munosabatda boʻlishimizga bogʻliq. Qolaversa, dunyoning turli chekkalarida turfa xil an’analar mavjud: oʻsimlikning ayni bir yeyishli qismi bir joyda meva, boshqa joyda esa sabzavot hisoblanadi. Hayvonlarda boʻlgani singari oʻsimliklar ham oilalarga boʻlinadi. 

Siz, masalan, karam, sholgʻom, rediska, sarsabil karami va gulkaram aynan bir oilaga mansub ekanini bilasizmi? Salat, sachratqi va artishok sabzavotlarning boshqa bir oilasiga taalluqli. Qovoqdoshlar oilasiga bodring, qovun va qovoqlar kiradi. Dukkaklilar oilasiga noʻxat, dukkaklilarning barcha turlari, yeryongʻoq va soya loviyasi kiradi. Sarsabil oddiy piyoz, porey piyozi, sarimsoq, koʻk piyoz bilan qarindoshdir. Kartoshka, baqlajon, qalampir va tamaki ituzumgullilar oilasiga mansub. Meva va sabzavotlar bizni vitamin va minerallar bilan ta’minlashi hamda salomatligimizni mustahkamlashi bilan bir-biriga oʻxshaydi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!